Bugun, 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari Kengaşlariga saylovlar bölib ötmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oila a'zolari bilan birgalikda Mirzo Uluğbek tumanidagi 162-saylov uçastkasiga taşrif buyurib, ovoz berişda iştirok etdi.


Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 117-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan.
Saylovda beşta – «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya iştirok etmoqda.

Bu muhim ijtimoiy-siyosiy voqea «Yangi Özbekiston – yangi saylovlar» şiori ostida, fuqarolarning siyosiy faolligi ortgan şaroitda hamda yangi saylov qonunçiligiga muvofiq ötmoqda.


Özbekiston tarixida ilk bor yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylovga oid 21ta qonun tizimlaştirildi. Saylovçilarning yagona elektron röyxati joriy etildi. Kvota belgilaş instituti bekor qilindi. Beşta siyosiy partiyaga, şu jumladan, yangi Özbekiston ekologik partiyasiga soğlom raqobat qilişlari uçun teng şart-şaroitlar yaratildi. Siyosiy partiyalarning saylovoldi oçiq munozaralari jonli efirda yoritildi. Ularda jamiyatimizni öylantirayotgan ötkir masalalar muhokama qilindi.
Oxirgi yillardagi oçiqlik, demokratik burilişlar natijasida jamiyatimiz ham özgardi. Bu saylov jarayonida ham yaqqol namoyon bölmoqda. Fuqarolar işonç va mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi bilan saylov uçastkalariga kelib, kelajak uçun ovoz bermoqda.

















