Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bölimida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida axborot berildi.
Samarqandda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga saylov uçun 16 ta saylov okrugi, viloyat kengaşi deputatligiga 60 ta okrugga 5 ta partiyaning har biridan nomzodlar röyxatga olingan.
Saylov jarayonlarini kuzatiş uçun dunyoning turli mamlakatlaridan xalqaro kuzatuvçilar va OAV xodimlari Samarqandga taşrif buyurgan.Ulardan ayrimlari jarayonlar haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Guntram Kayzer, jurnalist, Germaniya:

Har bir davlatning öz saylov tizimi bor. Özbekistondagi kuzatuvlarim asosida hozirça aytadiganim: “Yangiça Özbekiston, yangiça saylovlar” deb aytilayotgan gaplar tasdiğini topib turibdi. Ertaga asosan nimalarga e'tibor qarataman? Birinçi navbatda saylovçilarning közlariga boqmoqçiman, negaki ularning kayfiyati, saylov atmosferasi juda muhim men uçun. Bundan taşqari, saylov jarayonining qanday taşkillaştirilgani ham menga qiziq albatta. Birinçi örinda aholining kayfiyati. Hozirça baho beriş qiyin, ammo taxminan 10 ballik tizimda saylov jarayonlariga 9 ball bergan bölardim.
Mohd Raşid bin Haşon, Malayziya parlamenti a'zosi:

Özbekistondagi saylov jarayonlari ham boşqa davlatlardagi kabi, faqat özim kuzatuvçi bölgan ayrim mamlakatlarda parlament saylovlari har uç yilda bölsa, yurtingizda har beş yilda bölarkan. Umumiy aytganda, boşqa davlatlar va Özbekistondagi saylov tizimi bir biriga öxşaydi.
Saylovga tayyorgarlik jarayonlari böyiça asosiy xulosani ertaga saylov kuni çiqaramiz. Ammo hozirgaça körganlarimga asoslanib aytadigan bölsak, men 10 ballik tizimda 7 yoki 8 ball bergan bölardim. E'tibor bergan jihatim saylov arafasida Toşkentdan Samarqandga kelgunça saylovga oid juda köp stendlarni körsak kerak degandim. Ana şu stendlar orqali nomzodlar haqda ma'lumot oliş mumkin. Ammo nisbatan kam ekan. Kamçilik mana şu. Saylovdan söng javoblarning qançalik tez çiqişiga e'tibor qaratmoqçiman. Ikkinçi kuzatmoqçi bölganim fuqarolarning qanday şaklda ovoz berişlari. Şuningdek, nomzodlar örtasidagi debatlar, muzokaralar men uçun qiziq edi. Ammo bilişimça, saylovga bir kun qolganda barça tarğibot işlari töxtatilar ekan.











