Siyosiy partiyalar rahbarlari örtasidagi «Demokratik debat» tok-şousida iste'mol savatçasi mavzusi ham kötarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bu masalada birinçi bölib Özbekiston Xalq demokratik partiyasi yetakçisi Uluğbek Inoyatov söz oldi.

«Saylovoldi dasturimizdagi eng muhim yönalişlardan biri şu. Ya'ni bugungi kundagi odamlarning turmuş keçirişi uçun yaşaş minimumini belgilaş. Bunda eng kam oylik maoşi, nafaqa va stipendiyani iste'mol savatçasiga qarab belgilaş taklif etiladi.

Iste'mol savatçasi bugungi olinayotgan minimalga umuman töğri kelmaydi, nomutanosib. Jahon hamjamiyatida esa bu raqamlar hisob-kitob qilinib, qonunan mustahkamlangan böladi.

Özbekistonda hali bu qonun qabul qilinmagan. Şu qonunni qabul qilişimiz masalaning qonuniy yeçimiga olib keladi», – deydi Inoyatov.

Jurnalistning: «Sizningça, Toşkent şahrida beş bolali oila uçun iste'mol savatçasida qança oylik maoş yetarli?» degan savoliga XDP lideri 2,5 mln söm deb javob qildi.

«Beş nafar farzandi bor va bitta oylik maoşi bilan yaşayotgan bölsa, 2,5 million oylik olsa, bemalol uyidagi beş nafar farzandi bilan... Buni iqtisodçilar hisoblab çiqqan», – dedi Uluğbek Inoyatov.

ÖzLiDeP rahbari Aktam Hayitov, yetarli ma'lumotga ega bölmay turib, iste'mol savatçasining miqdori haqida xulosa çiqariş noörin, deb fikr bildirdi.

– Iste'mol savatçasini işlab çiqişning öz me'yorlari bor. 110-120ta atrofida mahsulot kiradi. Buni hisob-kitob qilib çiqariş kerak. Hozir bu yerda ötirib, falon pul böladi, deyiş mutlaqo notöğri. Ötirib hisob-kitob qilib, avval savatçaga nima kirişini aniqlab oliş kerak.

Undan keyin, öşaning [iste'mol savatçasining] miqdori yoşlar uçun alohida, yoşi kattalar va pensionerlar uçun alohida qilib belgilanadi. Şuning uçun qonun va qonunosti hujjatlarini töğri işlab çiqişimiz kerak. Buni tezroq qilişimiz kerak.

«Adolat» SDP yetakçisi Narimon Umarov iste'mol savatçasi miqdorini belgilaş oson iş emasligini aytib, buni töğri tuşunişni söradi.