Bugun, 22 dekabr kuni Toşkentda bölib ötgan brifingda saylovlardagi qonunbuziliş holatlari yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga tuşayotgan murojaatlar haqida ma'lumot berilgan edi.

«Çirçiq şahridagi 197- va 198-saylov uçastkalarida Çirçiq şahar kengaşiga nomzod Daftirov Sardor Ravşan öğli taşviqot tadbirlarini olib borayotgani haqida murojaat böldi. Murojaat zudlik bilan nazoratga olindi hamda prokuratura organlariga yuborildi. Natijasi haqida qöşimça axborot beriladi», – degandi MSK Kotibiyat mudiri Xudoyor Mamatov.

Boş prokuratura axborotiga köra, mazkur holat Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan örganib çiqilgan.

Aniqlanişiça, S.Dastirovning nomzodi Çirçiq şahar kengaşiga «Adolat» sotsial demokratik partiyasidan 3-sonli saylov okrugi 183-sonli saylov uçastkasidan körsatilgan bölib, 197 va 198-sonli saylov uçastkalaridan nomzodi qöyilmagan.

S.Dastirov öz tuşuntirişida 22 dekabr kuni Çirçiq şahridagi saylov uçastkalarida taşviqot işlarini olib bormaganini, kun davomida 2-sonli oilaviy poliklinika binosida taşkil etilgan «Adolat» SDP şahar kengaşining kiçik ştabida bölganligini bayon qilgan.

Buni «Adolat» SDPdan nomzod Öktam Tojiboyev ham tasdiqlagan. Qolaversa, yana 9 nafar fuqaro yuqoridagi kabi tuşuntiriş berişgan.

Bundan taşqari, 197- va 198-sonli saylov uçastkalari raislari va a'zolari ham şunday mazmundagi ma'lumotnoma taqdim etişgan.

Şu tariqa, prokuratura suriştiruvida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tuşgan ma'lumot öz tasdiğini topmagan.