Hozirgi kunda ayrim vakolatli davlat organlari Özbekiston Prezidentining 2019 yil 15 fevraldagi “Davlat xizmatlari körsatiş milliy tizimini yanada kompleks rivojlantiriş çoralari haqida”gi PQ-4193-sonli qaroriga amal qilmasdan, jismoniy şaxslardan ayrim hujjatlarni taqdim qiliş majburiyatini qöyiş holatlarini davom ettirib, biznes yuritişda ortiqça byurokratik tartib-tamoyillar hamda biznesda erkin harakat qilişga tösqinlik qilişi uçramoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar boşqarmasi jismoniy şaxslarga hamda tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat körsatuvçi va bevosita ular bilan aloqada böluvçi boşqa davlat organlari va muassasalaridan yuqoridagi qaror talablariga amal qilişlari yuzasidan eslatma bilan çiqdi.

Yuqoridagi qarorga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan boşlab davlat xizmatlari körsatişda davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan: 

1. Jismoniy şaxslardan jamğarib boriladigan pensiya daftarçalari, soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzi mavjud yoki mavjud emasligi töğrisida ma'lumotnomalar; 

2. Soliq tölovçining hisobga qöyilganligi töğrisida guvohnomalar; 

3. Tölangan daromadlar va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining uşlab qolingan summalari töğrisida ma'lumotnomalar talab qilinişi taqiqlangan.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 oktyabrdagi “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovçi hujjatlar turlarini tubdan qisqartiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga köra, fuqarolarga davlat xizmatlari körsatilişi jarayonida şaxsning yaşaş joyi böyiça (propiska qilinganligi) yaşayotganligi hamda uning işsizligini tasdiqlovçi hujjatlarni oliş zaruriyati tuğilganda, davlat va xöjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur ma'lumotlarni tegişinça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravişda, şu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali sörab oladi deb belgilangan.

Mazkur qarorda davlat boşqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlar yuqorida nazarda tutilgan hujjatlarni davlat soliq xizmati organlari, ATB «Xalq banki», Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasidan elektron özaro hamkorlik orqali faqat idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga axborot oliş uçun ulaniş yöli bilan mustaqil ravişda söraydilar va oladilar deb belgilangan.