Moskva viloyatidagi Nazariy va tajribaviy biofizika instituti olimlari dengiz ötlari, losos va forel baliq turlaridan olinuvçi astaksantin moddasi infarkt xavfini kamaytirişini aniqlaşdi.

Institut mutaxassislari astaksantin moddasining avval noma'lum bölgan xususiyatini oçişdi. Bu modda odatda oziqaviy qöşimça sifatida qöllanib, immun tizimini mustahkamlaşda yordam beradi.

Institut ilmiy kotibi Tatyana Perevyazovaning aytişiça, astaksantin moddasi yurakka kimyoviy tajovuzkor molekulalarning ta'sirini yöqqa çiqarişi mumkin. Bu esa yurak kasalligi rivojlanişi oldini oladi va infarktni boşdan keçirgan odamlarning soğayişida yordam beradi. Bu haqda “Podmoskove segodnya” naşri yozdi. 

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, astaksantinning kalamuşlarda sinalişi ijobiy natija bergan va kelgusida uşbu modda negizida dori vositalari işlab çiqiladi.