Iqtidorli sportçilarni taqdirlaş va rağbatlantiriş tartibi ma'lum böldi
|14:38 / 24.12.201913 6668 min
Iqtidorli sportçilarni taqdirlaş va rağbatlantiriş töğrisida hukumat qarori qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining muhokama uçun e'lon qilingan qarori loyihasiga köra, respublika oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinişiga talabgor öquvçi-sportçilar toifasiga örta (11-sinf negizida), örta maxsus, kasb-hunar ta'limini bitirganiga 3 yildan ortiq muddat bölmagan hamda sönggi uç yil davomida sportning olimpiya turlari şu jumladan, sportning texnik va amaliy turlari, “Kuraş” milliy sport turi, sambo, şaxmat, şaşka, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari böyiça Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida ötkazilgan xalqaro sport musobaqalari (Olimpiya, Paralimpiya, Osiyo öyinlari, jahon va Osiyo çempionatlari va kuboklari) hamda Respublika sport musobaqalarini ötkaziş töğrisidagi nizomga muvofiq ötkazilgan respublika sport musobaqalarida sovrinli örinlarni (1, 2, 3-örin) qölga kiritgan fuqarolar kiradi.
Xalqaro va respublika sport musobaqalari ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş
Respublika va xalqaro sport musobaqalarning individual turlarida ğolib va sovrindorlikni qölga kiritgan imtiyozga ega sportçilar oliy ta'lim muassasasiga qöşimça davlat granti asosida test sinovlarisiz va qöşimça imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
Respublika va xalqaro musobaqalarning jamoa turlarida ğolib va sovrindorlikni qölga kiritgan komandalarning (öz komandalari tarkibidan – akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta'lim maktablari bitiruvçilaridan uç nafar nomzodni belgilaydilar) imtiyozga ega sportçilari oliy ta'lim muassasasiga qöşimça davlat granti asosida test sinovlarisiz va qöşimça imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tavsiyasiga asosan, Respublika va xalqaro musobaqalarning jamoa turlarida ğolib va sovrindorlikni qölga kiritgan komandalarning qolgan vakillariga ularning sportdagi natijalarini inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasasiga qöşimça davlat granti asosida test sinovlarisiz va qöşimça imtihonlarsiz qabul qilinişlari mumkin.
Xalqaro va respublika sport musobaqalari ğolib va sovrindorlarining trenerlarni taqdirlaş va rağbatlantiriş
Viloyat va respublika sport musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgan öquvçi-sportçilarning trenerlari musobaqa taşkilotçilari tomonidan ta'sis etilgan sovrinlardan qat'iy nazar quyidagi:
respublika bosqiçida: 1-örin uçun – 35 baravari, 2-örin uçun – 30 baravari, 3-örin uçun – 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Xalqaro sport musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgan öquvçi-sportçilarning trenerlarini taqdirlaş alohida normativ-hujjatlarda belgilanadi.
Viloyat, respublika va xalqaro sport musobaqalari ğoliblarini tayyorlagan sport ta'lim muassasalarining trenerlariga quyidagi malaka toifalari:
viloyat bosqiçi ğolibini tayyorlagani uçun birinçi malaka toifasi;
respublika va xalqaro musobaqalar ğolibini tayyorlagani uçun oliy malaka toifasi töğridan-töğri beriladi.
Xalqaro va respublika sport musobaqalari ğolib va sovrindorlari bölgan öquvçi-sportçilarning trenerlarini rağbatlantiriş amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Xalqaro va respublika sport musobaqalarida sovrinli örinlarni qölga kiritgan öquvçi-sportçilarning trenerlarini moddiy rağbatlantiriş uçun mablağlar Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi uçun Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ajratiladigan mablağlar hisobiga amalga oşirilişi nazarda tutiladi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinişiga talabgor öquvçi-sportçilardan arizalar qabul qiliş
Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlari imtiyozga ega sportçilar röyxatini şakllantiradi va vazirlikka taqdim etadi.
Imtiyozga ega sportçilar Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining joylardagi hududiy organlariga ariza va hujjatlarini har yili 15 mayiga qadar topşiradi.
Imtiyozga ega sportçilar vazirlikning joylardagi hududiy organlariga quyidagi hujjatlarni topşiradilar:
Jismoniy tarbiya va sport vaziri nomiga ariza (zaxira sifatida 2 ta oliy ta'lim muassasasi hamda ta'lim yönalişi va tili xam aniq körsatilişi şart);
fuqarolik pasporti nusxasi yoki içki işlar bölimlari tomonidan berilgan 09-şakl böyiça jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami körsatilgan ma'lumotnoma;
umumiy örta ta'lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) nusxasi;
respublika va xalqaro sport musobaqasi sovrindori (1, 2, 3-örin) diplomi (asli);
respublika va xalqaro sport musobaqasi buyruğidan köçirma;
respublika va xalqaro sport musobaqasi nizomi;
respublika va xalqaro sport musobaqasi bayonnomasidan köçirma;
tegişli sport turlari böyiça Respublika oliy sport mahorat maktablari, Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tavsiyanomasi;
öz komandasidan uç nafar nomzodni tanlab olganlik töğrisida trenerlar kengaşi qaroridan köçirma.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinişiga talabgor öquvçi-sportçilarning ariza va hujjatlarini umumlaştiriş, körib çiqiş va ularni talabalikka tavsiya etiş
Imtiyozga ega sportçilar tomonidan topşirilgan ariza va hujjatlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan umumlaştirilib, röyxati şakllantiriladi va 15 iyunga qadar Jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan taşkil etiladigan Imtiyozga ega sportçilar hujjatlarini örganiş böyiça maxsus komissiya tomonidan örganib çiqiladi.
Maxsus komissiya tarkibiga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi vakillari, sport federatsiya (uyuşma)lari va sport taşkilotlari mutaxassislari jalb qilinişi mumkin.
Maxsus komissiya xulosasiga köra har bir oliy ta'lim muassasasiga imtiyozga ega sportçilar röyxati ta'lim muassasalari va ta'lim yönalişlari kesimida şakllantirilib, qöşimça davlat granti asosida kunduzgi ta'lim şakliga talabalikka tavsiya etiş uçun Ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasiga yuboriladi.
Imtiyozga ega sportçilarning xalqaro sport musobaqalarida erişgan yutuqlariga alohida e'tibor qaratiladi.
Bir ta'lim yönalişida öqiş istagini bildirgan imtiyozga ega sportçilar soni 20 nafardan ortiq bölgan taqdirda, sportda erişgan natijasi pastroq bölgan öquvçi-sportçilar maxsus komissiya qarori bilan sport turlarining soha böyiça mos kelişiga rioya qilingan holda ularning doimiy yaşaş joyidagi oliy ta'lim muassasasiga tavsiya etadi.
Taqdim etilgan hujjatlarning qalbakiligi yoki mazkur tartibda belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozga ega sportçilar talabalikka tavsiya etilmaydi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga imtiyoz asosida qabul qilinişiga talabgor öquvçi-sportçilarni öqişga qabul qiliş
Davlat komissiyasi qaroriga asosan talabalikka tavsiya etilgan imtiyozga ega sportçilar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi Nizomga muvofiq, tegişli hujjatlarini tavsiya etilgan oliy ta'lim muassasasiga taqdim etadilar.
Davlat komissiyasining qarori 20 nafargaça imtiyozga ega sportçilarni qöşimça davlat granti asosida talabalikka qabul qiliş töğrisidagi oliy ta'lim muassasasi rektori buyruğining qabul qilinişiga asos böladi.