Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Spark 2 nafar ayolni urib yubordi, ulardan biri vafot etdi
Foto: Tergov departamenti
2019 yil 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30larda haydovchi, 30 yoshli A.Z. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini Samarqand viloyati Jomboy tuman “Sarichashma” MFY hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 4-km.da “Eshimoqsoq- Jomboy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R. va Z.R.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada piyoda F.R., turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan, Z.R., esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00 / 01.03.2026