Özbekistonda neft va gaz mahsulotlarini sotişni amalga oşiruvçi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğining boşqaruv kompaniyasi sifatida UNG Petro MÇJ taşkil etildi.

"Özbekneftgaz" xabariga köra, ayni paytda avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalarini qabul qiliş va uzatiş, neft mahsulotlarini yetkazib berişda uzilişlar röy berişining oldini oliş va ular faoliyatining töxtab qolmasligi borasida faol işlar amalga oşirilmoqda.

Avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğini taşkil etişdan maqsad — tölaqonli milliy brendni yaratişdan iborat bölib, u "Özbekneftgaz"AJ va iste'molçi örtasidagi yagona aloqa böğini bölib qoladi.

Hozirgi kunda avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoği orqali "Özbekneftgaz"AJning neftni qayta işlaş zavodlarida işlab çiqarilgan AI-80, AI-91 rusumdagi benzin va dizel yoqilğisi sotilmoqda. Bundan taşqari, UNG Petro tomonidan aholiga AI-92 markali import benzinini sotiş mexanizmi yölga qöyildi. 

Şuningdek, AI-95 rusumidagi import benzin va Yevropa standartlariga javob beradigan dizel yoqilğisini olib keliş rejalaştirilmoqda. Uşbu neft mahsulotlari 2020 yilning yanvar oyi boşidan avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalarida sotila boşlanadi. Avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoği orqali sotiladigan neft mahsulotlari turlarini köpaytirişga qaratilgan işlar davom ettiriladi.

2020 yil davomida barça avtomobilga yoqilği quyiş şoxobçalari rekonstruksiya qilinadi, taşqi körinişi özgartiriladi.

2020 yilning sentyabriga qadar Möynoq va Denov şaharlarida bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy, köp yoqilğili şoxobçalarni quriş rejalaştirilmoqda. 

Har bir şoxobçada avtomaşinalar yuqori sifatli yoqilği bilan ta'minlanadi, elektr avtomobillariga xizmat körsatiş uçun şaroitlar yaratiladi, mijozlarga qulaylik yaratiş maqsadida minimarketlar quriladi.

Laboratoriya uçun maxsus avtomobil jihozlandi. U joylardan namunalar olib aholiga sotiladigan neft mahsulotlarining sifatini tekşiradi.

Iste'molçilarga qulaylik yaratiş va ularning huquqlari buzilişining oldini oliş maqsadida kunu-tun işlaydigan "işonç telefoni" taşkil etildi va barça avtomobilga yonilği quyiş şoxobçalarida bu haqda e'lon ilib çiqilgan.