Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Suriyaga amerikaliklarga qarshi birgalikda kurashishni taklif qildi
Eron Suriya hukumatiga Suriyada noqonuniy qolayotgan amerikaliklarga qarshi birgalikda kurashishni taklif qildi.
“Biz Suriya hukumatining iltimosiga javoban imkonimiz darajasida faol harakatlarga o‘tishga tayyormiz”, deb aytgan Eron oliy yetakchisining malahatchisi Ali Akbar Viloyatiy. Uning ta'kidlashicha, AQSh Suriya neftini o‘g‘irlamoqda.
Suriya prezidenti Bashar Asadning ta'kidlashicha, AQSh noqonuniy yo‘l bilan olingan neftni Turkiyaga sotmoqda. Suriya nefti ortilgan mashinalar xususiy harbiy kompaniyalar va maxsus tuzilmalar tomonidan qo‘riqlanadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi neft konlari Vashingtonga tegishli ekanini aytgan. “Neft bizda va u bilan nimani istasak, shuni qilishimiz mumkin”, deb aytgan Tramp.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026