Pentagon boş inspektorining AQŞ Kongressiga taqdim etgan hisobotida Erondagi uruş Amerika qurolli kuçlarining strategik öq-dori zaxiralariga sezilarli taʼsir körsatgani qayd etildi.

Hujjat 28-fevraldan 30-iyungaça bölgan davrni qamrab oladi. Unga köra, Epic Fury operatsiyasining şu davrdagi umumiy qiymati 33,4 mlrd dollarni taşkil etgan. Bu mablağning 22,3 mlrd dollari işlatilgan öq-dori va qurol-yaroğga sarflangan.

Hisobotda katta hajmdagi öq-dori sarfi strategik zaxiralarda taqçillik yuzaga keltirgani va ularni töldiriş böyiça AQŞ mudofaa sanoati imkoniyatlaridagi çeklovlarni körsatib bergani aytilgan.

Pentagon tanqislikni yumşatiş uçun xarid va işlab çiqariş jarayonlarini tezlaştiriş, muhim materiallar, butlovçi qismlar va ayrim turdagi öq-dorilar zaxirasini köpaytiriş ustida işlayotganini bildirgan. Biroq işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş uçun ança vaqt talab etilişi qayd etilgan.

Hisobotda AQŞning harbiy yöqotişlari haqida ham maʼlumot berilgan. Jumladan, törtta F-15 qiruvçi samolyoti yöqotilgan, bitta F-35 şikastlangan. Şuningdek, yettita KC-135 yonilği quyuvçi samolyotiga zarar yetgan va 30 tagaça MQ-9 Reaper uçuvçisiz apparati yöqotilgan.

Hujjatda 28-fevral–30-iyun oraliğida yetti nafar amerikalik harbiy xizmatçi jang harakatlarida halok bölgani va 417 nafari yaralangani ham körsatilgan.

Eron zarbalari natijasida Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalarida yuzlab bino va inşootlar şikastlangan yoki vayron bölgan. AQŞning Iroq, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va BAAdagi diplomatik obyektlariga yetkazilgan moddiy zarar qariyb 184 mln dollarga baholangan.

Ayni paytda AQŞ maʼmuriyati qurol-yaroğ zaxiralari bilan boğliq xavotirlarga boşqaça baho berib kelmoqda. Prezident Donald Tramp avvalroq AQŞda yetarli miqdorda qurol-yaroğ mavjudligini taʼkidlagan.

Öq-dori zaxiralarining qisqarişi AQŞdan harbiy mahsulotlar oladigan hamkorlar uçun ham ahamiyatli bölişi mumkin. Xususan, Ukraina Patriot tizimlari uçun raketalarga ehtiyoj bildirib kelmoqda, Tayvan esa AQŞdan qurol xarid qiliş böyiça şartnomalarga ega.