22 dekabr kuni Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga ötkazilgan saylovlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi. Unga köra, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlamentda köpçilik örinni qölga kiritdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov 23 dekabr kuni Toşkentda bölib ötgan brifingda ma'lum qilişiça, parlament saylovi ötkazilgan 150ta saylov okrugidan 128tasidan deputatlar saylangan:
- Özbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;
- «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi – 35 nafar;
- «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 21 nafar;
- Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;
- Ekologik partiya – 11 nafar.
Saylov kodeksiga köra, ovoz berişda iştirok etgan saylovçilarning yarmidan köpining ovozini, ya'ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.
Qonunçilik palatasiga saylov ötkazuvçi 22 okruglarda nomzodlarning birortasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi. Bu okruglarda ikki haftadan keyin takroriy ovoz beriş ötkaziladi.

MSK raisining aniqlik kiritişiça, xorijdagi saylovçilarni ham hisobga olganda umumiy davomat 67,8 foizni (13 963 627 nafar saylovçi) taşkil etgan.
150 ming saylovçi muddatidan oldin ovoz beriş imkoniyatidan foydalangan. Qirqqa yaqin mamlakatda taşkil etilgan ellik beşta saylov uçastkasida 112 ming 411 saylovçi ovoz bergan.

















