Fond vakili, siyosatçi Leonid Volkovning öz tvitterida xabar berişiça, huquq-tartibot organlari xodimlari kuzatuv kameralarini yelimlab bekitişgan va eşiklarni buzib oçişga kirişişgan.

Bu vaqtda binoda 40 çoğli kişi bölgan. Volkovning fikriça, köproq odamni qölga oliş maqsadida tintuv uçun ataylab şu vaqt tanlangan.

Volkov sönggi uç oy içida ilk marta, tintuvga kelişlaridan 20 daqiqa oldin xayriya mablağlari qabul qilinadigan karta bloklangani haqida ma'lum qilgan.

Fond asosçisi Aleksey Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmiş esa siyosatçi qölga olingani haqida xabar berdi.

Şuningdek, «Navalnyy LIVE» studiyasida ham tintuv işlari boşlangan.

2019 yilning avgustidan buyon Tergov qömitasi Korrupsiyaga qarşi kuraş fondiga nisbatan jinoiy iş böyiça tekşiruv olib bormoqda. Tergov talqiniga köra, fond xodimlari «jinoiy yöl bilan topilgan pullar»ni fond hisob raqamiga ötkazişgan. Avvaliga gap bir milliard rubl miqdoridagi mablağ haqida ketayotgandi, keyin bu miqdor 75 million rublgaça tuşdi. Şu tufayli fond ofislarida muntazam ravişda tintuv işlari ötkazib kelinmoqda.

Fond 2011 yilning sentyabrida röyxatdan ötkazilgan. Uşbu taşkilot korrupsiyaga qarşi tekşiruvlar ötkaziş bilan şuğullanadi. Fond xayriyalar hisobidan moliyalaştiriladi. 9 sentabr kuni Rossiya adliya vazirligi fondni «xorijiy agentlar» röyxatiga kiritgandi.