Aqçaliklarning simyoğoçi va transformatori uçun aqça yöqmi? Jalaquduqdagi 15 yillik muammo
|16:20 / 26.12.201919 9168 min
Aholi vakillaridan kelgan murojaatni örganiş uçun Andijon viloyatining Jalaquduq tumani Aqça qişloğiga bordik.
Aqça mahallasida 424ta xonadon bölib, aholi soni 2336 nafar. Kattagina qişloq. Töğrisi, bizga arznoma yöllagan şu mahalla fuqarosi Zulunboy Mahkamov «uşlagan joyini qöyib yubormaydigan»lardan ekan. U kişining tinimsiz qönğiroqlaridan söng Aqçaning öziga borib murojaatçining naqadar haqligiga guvoh böldik.
Ikki yil töxtovsiz yozilgan arizalar
Mahalladagi holat bilan tanişiş asnosida aholi vakillari bilan suhbatlaşdik.
«Ön yil Rossiyada işlab, 2017 yili qaytdim. Qişloqdagi içimlik suvi umuman yöq bölib ketibdi. Yöl, bolalar boğçasi va elektr ta'minotidagi kamçiliklarni körib, turli idoralarga murojaat qilişga tuşdim. Ariza yozmagan taşkilotim qolmadi. Lekin iş siljişi juda qiyin böldi. «Najot eşigini taqillataversang oçiladi», deyişgan. Men ham şunday qildim. Tuman hokimligi, viloyat taşkilotlari va prezident portaliga jönatgan murojaatlarimga 2018 yilda asta-sekin javob kela boşladi. Viloyat «Suvoqova» taşkilotining öşa paytdagi boşliği M.Axunov 2018 yilning iyul oyida suv tarmoği aholi bilan hamkorlikda ta'mirlanişi rejalaştirilgani haqida ma'lumot bergandi.
Jalaquduq hududiy elektr tarmoqlari 2018 yil aprel oyida hududdagi 424 xonadonga xizmat körsatayotgan eski transformator örniga 2019 yilning ikkinçi çoragida katta quvvatli transformator qöyilişi haqida javob xati jönatdi.
Biroq va'dalar berilgani bilan amaliy işga ötişmadi. Toşkent şahridagi prezident qabulxonasiga şu yilning özida 3 marta ariza yozib keldim. Mutasaddilarni stoldan turğiziş juda qiyin keçdi.
Mavzuga oid
Uzoq yillik urinişlarimizdan söng mahallamizga 2019 yilning ikkinçi oyidan suv tarmoği tortişga tuşişdi, suv minorasi örnatildi, lekin avgust oyida işlar çalaligiça qolib ketdi.
Ming uriniş va tortişuvlar bilan şu yil iyul oyida mahallaga katta kuçlanişli transformator ham olib kelindi. Biroq şu böyi unga simyoğoç yöq. Sim tortilmagan.
Ikkala muammo deyarli bitay deb qolganda yana hammasi töxtab qoldi», deydi Zulunboy Mahkamov.
Mahallani aylandik. Çindan ham köçalarga suv tarmoği tortilib, minora ham örnatilibdi. Transformator ham olib kelingan. Boşida, har ikki muammo hal bölayotganiga aholi xursand edi. Biroq olti oy kutib yana hafsala pir bölgan.
Çala qolgan işlar
Sönggi bosqiçga kelganida işlar taqa-taq yurmay qoldi. Içimlik suvi tarmoğini tortgan firmaga mablağ ajratilmagani bois, suv nasosini yurgiziş uçun zarur transformator va 9ta simyoğoç keltirilmay iş töxtab qolgan.
Mahallaga iyul oyida yangi örnatilgan transformatorga ham 600 metr uzoqlikdagi katta kuçlanişli liniyadan sim tortiş uçun 10ta simyoğoç kerak.Hozir transformator köça böyida simsiz munğayib turibdi.
Yana tuman hokimligi, tuman elektr korxonasiga yugur-yugur boşlandi. Bu orada yana 6 oy ötdi.
Dekabr oyining 10-12 kunlari Jalaquduq tuman hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boşliği, «Aqça qişloğiga transformator örnatib berildi. Transformator reja asosida 2020 yili işga tuşiriladi», degan javob xati bergan.
Tuman hokimi Sodiqjon Turdiyev dekabr oyida Aqçaga kelib, aholi vakillari bilan uçraşuv ötkazgan.
«Mahalla ahli har ikki muammoni hokimga yetkazganida mutasaddi, saylovgaça barçasi hal bölişini aytib va'da bergandi», deydi aholi vakillaridan Munisxon Madrahimova.
Mahalladagi yagona suv manbai
«Aqça» MFY binosi yonida bitta aholi «kaçalka» deb ataydigan suv quduği bölib, mahalla ahli mana şu joydan rözğor uçun suv taşir ekan. Tasavvur qiling, içiş, ovqat tayyorlaş, yuviniş uçun yagona suv manbai.
Mahallaning katta-kiçigi turli idişlarga suv töldirayotgan ekan. Yoş bola va qizaloqlarning qölidagi turli idişlarga sovuqda suv töldirayotganini kuzatdik. Uyi yaqin xonadonlar ikki qölidagi çelakda, uzoqroqlari esa aravaça va velosipedda suv taşir ekan. Suv taşiş asosan ayollarning yumuşi ekan.
«15 yildan beri şu ahvol. Öğlim bolaligida xuddi şu kiçkintoylarga öxşab «baklaşka»da suv taşirdi. Mana hozir kollejni bitirdi. Mahallaning 25 foizi uyiga zax suvni tortadigan «kaçalka» örnatgan. Qolgan 75 foizi uzoqdan kelib bölsa ham mana şu joydan rözğorga suv taşiydi», deydi Doniyorbek Abdujabborov.
Aqçaga suv tizimini tortiş bilan şuğullanayotgan «Vodiy kapital» korxonasi rahbari Şerzod Hoşimov bilan telefon orqali suhbatlaşdik. Firma rahbari transformator va 9ta beton «simyoğoç» uçun mablağ yöqligi tufayli iş töxtab turganini bildirdi.
«Aqçada 480 million sömlik iş hajmi bölib, bizga mablağning 15 foizini tuşirib berişgan. Viloyatdan mablağ ajratilmayotgani uçun iş töxtab turibdi», deydi özini Ş.Hoşimov deya taniştirgan quruvçi.
Mahalla yöllari ham abgor. Tabiiy gaz yöq. Ayollar tibbiyot muassasasi yöqligidan ham şikoyat qilişdi. Aholi qiynalib yaşamoqda. Aqçada hal qilinişi zarur bölgan muammolar yiğilib qolgan. Neça yildirki, içimlik suvi va elektr muammosi hal bölişini orzu qilib saylovni kutişdi. Endi esa yangi yilni kutişyapti.
Tuman hokimligida
Jalaquduq tumani hokimligiga borib, hokimning quriliş işlari böyiça örinbosari Furqatbek Sultonov bilan uçraşdik.
Mutasaddi tuman «Aqça» MFYdagi muammolar böyiça izoh berdi.
«Ayni paytda tumanimizning 12ta hududida quriliş korxonalari tomonidan içimlik suvi tarmoği tortiş işlari olib borilmoqda. «Osuda hayot», «Böston», «Özbekiston», «Ğayrat» va boşqa mahallalarda ham içimlik suvi tarmoği tortilmoqda. Aqça qişloğida «Vodiy kapital» jamiyati 5 kilometr tarmoq tortib bölgan. Hududda bitta transformator örnatiş muammosi qolgan. Biz quruvçilar bilan gaplaşganmiz, suv tarmoği şu oy oxirigaça bitadigan bölgan. Ularning mablaği masalasi viloyatdan hal böladi. Şu kunlarda aholi suv içadi», dedi u.
Hokimlikdan çiqib, bizni köçada kutib turgan murojaatçi Zulunboy Mahkamovga mutasaddi tez kunlarda mahalla muammosi hal etilişi haqida va'da berganini aytdik.
«Bunday va'dalarning köpini eşitib, işonmay qöyganmiz», deydi u işonçsizlik bilan.
Aqçaliklar ikki yil davomida murojaat qilaverib holdan toygan. Maqsadga yetay deganlarida töxtab qolgan muammolari bilan yaşaşmoqda. Aslida tuman hokimligidagilar aholi murojaat qilmasdan masalani joyiga borib örganişlari, çora körişlari kerak edi. Unday bölmadi.
Balki, bu safar ularning yillar davomida amalga oşmayotgan muammolari tez kunlarda bitar. Axir Jalaquduq kattalari va'da berdi-ku?
Savollarga javobni nasib qilsa ikki hafta içida yana Aqçaga borganimizda köramiz.
Qani, Aqçaning simyoğoçi va transformatoriga ham aqça topilib qolar...