Özbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma'qullangan.
Özbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrda qabul qilingan «Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida»gi ÖRQ–344-sonli Qonuni 10-moddasining (Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlar) birinçi qismi quyidagi mazmundagi beşinçi xatboşi bilan töldirildi:
«Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining»;
beşinçi, oltinçi va yettinçi xatboşilar tegişinça oltinçi, yettinçi va sakkizinçi xatboşilar deb hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining;
Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining;
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining;
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oşiradi.
Boşqa davlat organlari, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş taqiqlanadi.









