Tojikiston tomonining iltimosiga köra rasmiy Toşkent Özbekiston-Tojikiston çegarasida yana bir çegara punkti oçiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov «RIA Novosti»ga bergan intervyusida xabar qildi.

«Özbekiston va Tojikiston örtasida uç yil oldin hamma narsa yopiq edi. Kelişuv tufayli biz 16ta ötkaziş punktini oçdik - ularning ikkita yoki uçtasi ilgari ham işlagan, lekin transport vositalari va odamlarning ötişi nisbatan çeklangan bölgan. Hozirda ön oltita punktning barçasi keça-yu kunduz işlayapti. Ön yettinçisi yaqinda oçildi. Tojikiston tomonining iltimosiga köra hozir ön sakkizinçi çegara punktini oçiş masalasi ustida işlamoqdamiz», - dedi Ilhom Ne'matov.

Diplomatning aniqlik kiritişiça, yangi çegara ötiş joyi Jizzax viloyatining Balandçaqir aholi punktida joylaşadi.