Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi.

Oxirgi yillarda ösib kelayotan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoşlar masalalari böyiça respublika idoralararo kengaşi tuzildi.

Özbekiston Yoşlar ittifoqi taşkil etilib, 30 iyun Yoşlar kuni deb e'lon qilindi. Hozirda Ittifoqning 7 million 690 ming nafar a'zosi mavjud.  

Joylarda 8 nafar yoş avlod vakillari hokim örinbosari etib tayinlangan. Yaqinda bölib ötgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylangan, mahalliy kengaşlarda ğalaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoşlar taşkil etadi. 

– Yoşlar orasida «Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bölaman!» deb közi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga işonaman. Yetakçilikning, öz ortidan ergaştirişning eng töğri yöli şaxsiy örnak va namuna bölişdir, – dedi Prezident. 

Uçraşuvda yoşlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Yurtimizda yoş rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi aytib ötildi.

Globallaşuv şaroitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida söz borar ekan, Prezident ma'rifatparvar bobomiz Fitratning «Bu dunyo kuraş maydonidir.

Soğlom tan, ötkir aql va yaxşi axloq bu maydon qurolidir», degan sözlarini yodga oldi.

Yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilik, oilaviy ajrimlarning oldini oliş böyiça tegişli taşkilotlar rahbarlariga körsatmalar berildi.

Beş taşabbusning har bir yönalişini tuman va şaharlarda tizimli amalga oşiriş böyiça vazifalar belgilandi.

Ötgan yili mamlakatimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yoş matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli ötkazilgan edi. Davlatimiz rahbari uşbu tajriba asosida fizika böyiça Ahmad Farğoniy, kimyo fani böyiça Abu Rayhon Beruniy, biologiya böyiça Abu Ali ibn Sino, astronomiya böyiça Mirzo Uluğbek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari taşkil etiş taklifini ilgari surdi.