2019 yil 27 dekabr kuni 08:00larda, Farğona viloyati Danğara tumani hududidan ötuvçi 4R-126 “Baliqçi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yölining 3-km.da YTH sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan A.O. “Lasetti” rusumli avtomobilini boşqarayotib, rulda uxlab qoliş oqibatida yölning öng tomonidagi beton tösiqqa urilgan va avtomobil töliq yonib ketgan.
Natijada, avtomobil yölovçilari, Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yaşovçilar, 1992 yilda tuğilgan D.Ş. va 1999 yilda tuğilgan A.A. voqea joyida halok bölgan.















