Moskvadagi garajdan 1949 yilda sobiq ittifoq yetakçisi Iosif Stalin yurgan ZIS-115 limuzini öğirlab ketildi. Bu haqda Baza naşri öz Telegram-kanalida ma'lum qilgan.
Naşr ma'lumotlariga köra, 6 nafar öğri garajga yaşirinça kirib, noyob maşinani evakuatorga ortib, noma'lum yönalişda olib ketgan. Hujjatlarga köra, avtomobil ukrainalik oligarx Ruslan Tarpanning xavfsizlik xizmati boşliğiga tegişli bölgan.
ZIS-115 sobiq ittifoqda işlab çiqarilgan zirhlangan avtomobil bölib, 1949-1955 yillarda Stalin nomidagi zavodda işlab çiqarilgan. Hammasi bölib uşbu maşinadan 56 dona çiqarilgan. Avtomobil birinçi navbatda Stalinga hamda sobiq ittifoq rahbarlariga möljallangan bölgan.
Avtomobillarning aksariyatidan maxsus garajda foydalanilgan. Keyinroq uşbu model Yevropa va Osiyoning sobiq ittifoq bilan döstona munosabatlarda bölgan köplab davlatlari yetakçilari garajidan joy olgan. Uşbu maşinaning eng oxirgi nusxasi maxsus garaj tizimidan 1994 yilda çiqarilgan.












