Transfermarkt portali 2019 yil yakunlariga ko‘ra, aksariyat futbolchilarning yangi transfer baholarini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, Eldor Shomurodov 6,5 million yevro narx bilan nafaqat «Rostov» klubi, O‘zbekiston milliy jamoasining ham eng qimmatbaho futbolchisiga aylanib oldi.
Eldorning transfer narxi o‘sishi dinamikasiga e'tibor qaratsak, 2019 yilning fevral oyi holati bo‘yicha uning bahosi 1 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, 14 iyun kuni bu narx 1,5 million yevroga, 10 sentabr kuni esa 2,5 million yevroga oshgandi. E'lon qilingan yangi narxga ko‘ra, Eldor Shomurodovning transfer bahosi 6,5 million yevro deb ko‘rsatilgan. Natijada 24 yoshli forvard bu borada O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Odil Ahmedovni (2,5 mln) ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Server Jeparovdan keyin Odil Ahmedov 2012 yildan buyon, 7 yil davomida O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turgandi. «Transfermarkt»ga ko‘ra, Xitoynning «Shanxay SIPG» klubi 32 yoshli yarimhimoyachisining transfer bahosi 2018 yil yakunida 6 milliondan 4,5 million yevroga pastlagan bo‘lsa, 2019 yilning 27 dekabr holatiga ko‘ra esa, baho yana 2 millionga pasayib, 2,5 mln yevroni tashkil etdi.
2019 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining quyidagi o‘yinchilari «Transfermarket» tomonidan mamlakatimizning eng qimmatbaho futbolchilari reytingining top-10ligidan o‘rin olgan.
O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmatbaho 10 futbolchisi:
1. Eldor Shomurodov

Klubi: «Rostov»
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo
Transfer bahosi: 6,5 million yevro

























