«Barselona» yarimhimoyaçisi Arturo Vidal öz klubi rahbariyati bilan sudlaşadi.

Futbolçi Kataloniya klubini şartnomada körsatilgan 2,4 mln yevro miqdoridagi mukofot pullarini tölamaganlikda ayblamoqda.

Gap şundaki, agar çililik futbolçi mavsumning 60 foiz öyinida kamida 45 daqiqa harakat qilsa, 2 mln yevro mukofot olişi mehnat bitimida belgilab qöyilgan. Ammo Vidal bu şartni faqat öyinlarning yarmisida bajargan. Şu tufayli klub unga mukofot berişni istamayapti. Ammo futbolçining advokatlari mukofotning 50 foizini talab qilişmoqda.

Da'vo qiymatining qolgan qismi Çempionlar Ligasi va Ispaniya çempionatidagi ğalabalar bilan boğliq.

Avvalroq, 32 yoşli Vidal xizmatiga «Inter» va «Yuventus» klublari qiziqiş bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.