Xizmat safari bilan Toşkentdan Moskvaga poyezd orqali borişga töğri keldi. Xuddi şuningdek, qaytiş ham poyezdda böldi. Ta'kidlaş örinliki, Rossiyaning ikki şahriga ham poyezdda bordim. Maqsad, ularning poyezd tarkiblaridagi vagonlarda hojatxonalar bilan boğliq vaziyat qandayligini köriş edi.

E'tirof etiş kerak, har bir vagonda, hattoki, örindiqli vagonlar hojatxonalari bugungi talabiga mos ravişda biohojatxonalar edi. Tozalik, gigiyena vositalari haqida gapirmasa ham böladi. 

Şu örinda, Toşkent-Moskva-Toşkent poyezdi xalqaro qatnov ekanini inobatga olsak, bu tarkibga qöyilgan vagonlarning hojatxonalari biohojatxona bölişi lozimligini nafaqat men, balki bizga yöldoşlik qilgan barça yölovçilar, ayniqsa, qariyalar va ayollar qayta-qayta ta'kidlaşdi. Qolaversa, davlat çegaralarini kesib ötiş çoğida, har bir çegara ötkazuv punktida örtaça 4 soatdan qolinadi. Endi, bu vaqt mobaynida, vagon hojatxonalari qulflanişi, çegaraçilar, qançalik yalinmang, taşqaridagi hojatxonaga tuşişga ruxsat bermasligini, siz yoki farzandingiz, ayollar yoxud keksalar hojatga zarurati paydo bölib qolişini bir tasavvur qilib köring-a?

Xullas, gapni köpaytirmadim, Özbekiston temir yöllari vagonlarida qaçon biotualetlar paydo böladi? Mahalliy va halqaro turizmni rivojlantirişni, umuman, insonga xizmat qilişni boş maqsad qilgan ekanmiz, bu suv-havodek zarur.