Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevga mansubligi aytilgan tahdidli audioyozuvni örganiş natijalarini taqdim qildi.
«Joriy yilning 10 dekabr kuni Internet naşrlarida Farğona viloyati hokimi, senator Ş.Ğaniyevga tegişli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar böyiça Boş prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.
Aniqlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoşohbekati yonidagi avtomobil yölida töplanib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta'minotida uzilişlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.
Viloyat hokimligida ötkazilgan selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev Quva tumanidagi holat böyiça tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan çetga çiqib, tahdidiy va qöpol sözlar işlatgan. Uşbu holat noma'lum şaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.
Tergovga qadar tekşiruvda joriy yilning 2 dekabr kuni bölib ötgan selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev tahdidiy va qöpol sözlarni işlatganligi aniqlandi.
Ş.Ğaniyevning sözlarida inson hayotiga va soğliğiga tajovuz qiladigan real tahdid, ya'ni ularni amalga oşirilişidan xavfsiraş uçun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilindi.
Biroq, Ş.Ğaniyev davlat hokimiyati va boşqaruvi organi mansabdor şaxsi böla turib, Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini körib çiqiş uçun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi», deyiladi Boş prokuratura xabarida.
Hodisa tarixi
14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqalgandi. Audioda ovoz egasi gaz ta'minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yöllaridan birini tösib qöygani haqida gapiradi va uşbu tuman hokimi Ravşan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan şaxsning «janozasi qaçon öqilişi»ni söraydi.













