Yanvar oyida fermerlarga klasterlarni erkin tanlaş huquqi berildi. Fevralda esa kooperativlar töğrisidagi yangi qonun kuçga kirdi. Lekin bu hujjatlarda yozilgan erkinliklar fermerlar uçun amalda orzuligiça qolmoqda.
2025 yil 17 yanvar kuni imzolangan prezident farmoni bilan, paxta yetiştiruvçilarga hududiy miqyosdagi xaridorlarni erkin tanlaş huquqi berildi. Unga köra, fyuçers şartnomalari 1 noyabrdan 1 iyungaça bölgan muddatda tuziladi. Bu vaqt davomida klasterlar belgilangan minimal miqdordan past bölmagan narx taklifini birjaga joylaydi, fermerlar esa öziga ma’qul taklifni tanlab, şartnoma tuzadi.
Farmonda paxtani öz hisobidan yetiştirganlarga subsidiya ajratilişi ham belgilangan. Öz hisobidan yetiştirmoqçi bölgan fermerlar, masalan, kooperativga birlaşişi mumkin. Kuni keça, 2025 yil 12 fevraldan e’tiboran “Qişloq xöjaligi kooperativi töğrisida”gi qonun kuçga kirdi.
Paxtaçilikda bozor mexanizmlarini joriy etişga qaratilgan bu harakatlarni fermer va dehqonlar, iqtisodçilar, jamoatçilik faollari ijobiy qarşi oldi. Ammo yangi belgilangan öyin qoidalarining amalda işlab ketişi oson keçmayapti.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, respublika böylab fermerlarni birjadagi boşlanğiç narxga rozi bölgan holda mahalliy klasterlar bilan fyuçers şartnomalari imzolaşga majburlaş holatlari kuzatilmoqda. Ayrim tumanlarda mas’ullar fermerlarning birja platformasiga kiriş login-parollarini olib qöyib, ularning nomidan şartnomalar tuzayotgani aytilyapti.
Fyuçers şartnomasini aynan hozir imzolaşni istamagan fermerlar bosimga uçramoqda. Farmonda fyuçers bitimlari 1 iyungaça tuzilişi belgilanganiga qaramay, paxta yetiştiruvçilar tezroq şartnoma qilişga majburlanmoqda. Öz navbatida, Kun.uz manbasi taqdim etgan videoda, soha rahbari Şuhrat Ğaniyev şartnomalar tezroq tuzilişi uçun selektorda mahalliy amaldorlarni şoşirayotganini köriş mumkin.












