Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuv yuzasidan bayonot berdi.

«Boş prokuratura tomonidan Internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Ş.Ğaniyevga mansubligi ta'kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boşqa holatlar örganilmoqda. 

Örganiş natijalari har tomonlama qonun doirasida körib çiqilib, ular yuzasidan qöşimça bayonot beriladi», deyiladi xabarda. 

14 dekabr kuni Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterial tarqaldi. Audioda ovoz egasi gaz ta'minotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yöllaridan birini tösib qöygani haqida gapiradi va uşbu tuman hokimi Ravşan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan şaxsning «janozasi qaçon öqilişi»ni söraydi.

«Çora köriş emas bu, janozasi öqilsa keyin hisob endi uni», deydi ovoz egasi bu borada çora körilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.

Ma'lum bölişiça, bu hodisa Ğaniyev 2 dekabr kuni ötkazilgan selektor yiğilişida bölib ötgan.

Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati bu audioni soxta va «pranker» (ovoz öxşatuvçi)lar tomonidan tayyorlangan, deya munosabat bildirdi.

«2 dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi öxşatilgan sözlar biron bir selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev tomonidan aytilmagan. Ş.Ğaniyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq ötkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda heç qaçon tanbeh bermagan», – deyilgan hokimlik bildirişida.

Xatolar ketidan xato. Farğona viloyati hokimi qaçon xulosa qiladi?

Keyinroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev prokuraturadan Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bilan boğliq navbatdagi şov-şuvli holatga huquqiy baho berişni söradi.