2019 yilning eng yaxşi transferlari röyxatidan özlari uçun sarflangan mablağlarni oqlay olgan 10 futbolçi joy oldi. Bu futbolçilarning har biri yangi jamoasini jiddiy darajada kuçaytirdi, ular kutilganidan köra muvaffaqiyatliroq öynab keta olişdi.
10. Benjamen Pavar, «Ştutgart»dan «Bavariya»ga

Ötgan yil yozida «Bavariya» Bundesliganing autsayder klubidan u qadar katta bölmagan summa evaziga jahon çempionini transfer qildi. Myunxenliklar klubi 35 mln yevro tölab öng qanotda ham, himoya markazida ham harakatlana oluvçi universal himoyaçini qölga kiritişdi. 23 yoşli fransuz yangi jamoasiga tez kirişib ketdi va jamoaning ajralmas bölagiga aylandi. «Bavariya»da Pavar himoyada işonçli öyin körsatiş bilan birgalikda, hujumlarga ham faol qöşiladi - 16 öyinda 2 gol va 2 golli pas.
9. Mateo Kovaçiç, «Real»dan «Çelsi»ga

Köpçilik «Çelsi» ötgan yil yozida Kovaçiçning transfer huquqini «Real»dan sotib olganini sezmay qoldi ham. Lekin 2018/19 yilgi mavsumda ijara asosida öynayotganidayoq uşbu xorvatiyalik yarimhimoyaçi Londonda qolişi ma'lum edi. U yorqin futbol namoyiş etdi va juda köp a'lo öyinlar ötkazdi. Joriy mavsumda ham uşbu havbek londonliklarga köp foyda keltirdi. Mateo universallaşgan, u hujum qilişda ham, himoyalanişda ham birdek yaxşi harakat qiladi. Bundan taşqari, u gol ham urib turadi.
8. Torgan Azar, «Borussiya» Myonxengladbaxdan «Borussiya» Dortmundga

Torgan yildan yilga yaxşi öyin körsatmoqda va endi u akasining soyasida emas. Uşbu havbek ötgan yozda Myonxengladbaxni Dortmundga almaştirdi va Bundesligada porlaşda davom etdi. Hozirda u Favr jamoasining eng foydali futbolçilaridan biridir. Gol+pas körsatkiçi böyiça «Borussiya»da u faqat Roys va Sançodan ortda qoladi. Germaniya çempionatida ötkazilgan 16 öyinda u 4 bor raqiblar darvozasini işğol qilib, 7 golga uzatma berdi. Şubhasiz, Azarning transferi – dortmundliklarning yakunlanayotgan yildagi eng omadli transferi böldi.
7. Aaron Van-Bissaka, «Kristal Pelas»dan «Mançester Yunayted»ga

22 yoşli Van-Bissaka «MYu»ga ötgaç tarixdagi eng qimmat uçinçi angliyalik futbolçiga aylandi. «Qizil iblislar» öng qanot himoyaçisi uçun 55 mln yevro sarflaşdi va buning uçun afsuslanişmadi. Joriy mavsumda Aaron – Sulşer jamoasini yelkasida kötarib yurgan futbolçilardan biri bölmoqda. Bu yoş himoyaçi APLda raqiblardan töp olib qöyişda yetakçi bölib turibdi. U har öyinda örtaça 4,4 marta raqibni töpsiz qoldirmoqda, APLning 10-turi doirasida «Norviç»ga qarşi keçgan öyinda u kosmik natija qayd etdi - raqib futbolçilaridan 11 marta töpni olib qöyib, mavsum rekordini örnatdi. 16 turda «Mançester Siti»ga qarşi keçgan öyinda esa u Sterlingni «çöntagiga solib oldi». U kabi himoyaçini Angliyadagi barça klublar orzu qiladi.
6. Erling Holand, «Molde»dan «Red Bull Zalsburg»ga, keyin «Borussiya» Dortmundga

2019 yilning yanvar oyi boşida «Zalsburg» hali Yevropada heç kim tanimaydigan yoş forvard Erling Holandni sotib olgandi. Avstriyaliklar klubi norvegiyalik futbolçi uçun «Molde»ga atigi 5 mln yevro tölagandi, şu kunlarda «Zalsburg» bu futbolçini «Borussiya» Dortmundga 20 mln yevro evaziga sotdi (futbolçining agenti Mino Rayola 15 mln yevro, futbolçining otasi Alf-Inge Holand esa 10 mln yevro oldi). Holand mavsumni haddan taşqari yorqin ötkazmoqda. Avvaliga 19 yoşli forvard YeÇLdagi debyut bölimida het-trik qayd etib, turnir rekordini örnatdi. Keyin muvaffaqiyatlarini davom ettirib, guruh bosqiçida qatorasiga 5ta öyinda gol urdi, guruh bosqiçi yakunlariga köra faqat Robert Levandovskidan ortda qolib, ikkinçi eng yaxşi töpurar böldi. Unga butun Yevropa böylab haqiqiy ov boşlandi. Avvaliga «Mançester Yunayted», «Yuventus» va «RB Leypsig» klublarida bu futbolçini qölga kiritiş uçun imkoniyatlar yuqori ekani haqida xabarlar tarqaldi, ammo yakunda «Borussiya» «uloqni ilib ketdi». «Zalsburg» «Liverpul» va «Napoli» bilan bir guruhda uçinçi örinni egalladi, şu tufayli avstriyaliklar klubi uni pley-offga çiqqan nemis klubiga qöyib yuborişga rozi böldi.
5. Rodri, «Atletiko»dan «Mançester Siti»ga

Ispaniyalik havbek transferi «Mançester Siti» tarixidagi eng qimmatbaho transfer böldi. «Şaharliklar» uşbu 23 yoşli yarimhimoyaçi uçun 70 mln yevroni ayab ötirişmadi. Lekin bu futbolçi katta mablağga arziydi. Gvardiola rejalaştirgani kabi Rodri ilk mavsumdayoq «Siti»ning maydon markazidagi asosiy futbolçisiga aylandi — u 34 yoşga çiqqan Fernandinoning örnini munosib egalladi. Hozirda ispaniyalik öz vaqtida raqib hujumlarini buzişda braziliyalik futbolçi bajargan işdan köproq işlarni bajarmoqda, şu bilan birgalikda vaziyatlar yaratişda ham maydondagi eng yaxşilardan biri bölmoqda.
4. Vissam Ben-Yyedder, «Sevilya»dan «Monako»

Ben-Yyedderni transfer qiliş orqali monegasklar «nuqtasiga urişdi». 40 million yevro sarflab olib kelingan fransuz forvard töxtovsiz gol ura boşladi va «Monako» oyoqqa turişiga yordam berdi. Hozirda u nafaqat öz klubining, balki Liga 1ning eng yaxşi töpurari bölib turibdi. U raqiblar darvozasiga Mbappedan köproq gol urgan. Agar Ben-Yyedder ikkinçi davrada ham şunday sur'atda töp sursa, monegaskliklar yevrokuboklar hududi uçun kuraşişadi.
3. Kvinsi Promes, «Sevilya»dan «Ayaks»ga

Niderlandiyaga ötgaç avvaliga Promesning işlari öxşamay turdi. U köp vaqtni zaxira örindiğida ötkazar, öz kuçini namoyiş etişga imkon bölmasdi. Ammo keyinroq «Ayaks» boş murabbiyi ten Haag Kvinsi uçun ideal rol topib berdi – hujumlarni yakunlovçi. Natijada u haddan taşqari köp gol ura boşladi va ayni vaqtda 14 gol bilan «Ayaks»ning eng yaxşi töpurari bölib turibdi.
2. Mauro Ikardi, «Inter»dan «PSJ»ga (ijara)

Ikardining «PSJ»ga ijaraga ötişi barça tomon uçun manfaatli böldi. «Inter» klub rahbariyati bilan ham, muxlislar bilan ham munosabatlarini yomonlaştirgan muammoli futbolçidan qutuldi. Ikardi yana doimiy öyin amaliyotiga ega böldi, «PSJ» esa asosiy hujumçilari safdan çiqqan vaqtda yuqori toifali forvard bilan tarkibni kuçaytirdi. Mauro Fransiya çempionatiga juda tez kirişib ketdi va tinimsiz gol ura boşladi. Argentinalik futbolçi bu çempionatning birinçi mavsumida 9 gol urişga ulgurdi. «PSJ»da asosan Mbappeni asosiy hujumçi sifatida körişadi. Undan taşqari, Neymar va Kavani ham bor. Şunday ekan, fransuzlar baribir ijara muddati tugagaç Ikardini Italiyaga qaytarişsa kerak.
1. Romelu Lukaku, «Mançester Yunayted»dan «Inter»ga

Joze Mourino «MYu»dan ketgaç Lukaku Angliyada ortiqça futbolçiga aylanib qoldi. Şu tufayli ötgan yil yozida «Inter» belgiyalik futbolçi uçun 65 mln yevro tölaşganida, «neradzurri»lar isrofgarçilik qilgandek köringandi. Ammo Lukaku öz öyini bilan barçasi aksinça ekanini körsatdi. Uni «Çelsi»daligidayoq sotib olişni istagan Antonio Konte rahbarligida Romelu yana gol maşinasiga aylandi. Aynan Lukakuning gollari evaziga «Inter» hozirda Italiya çempionligi uçun «Yuventus» bilan tengma-teng raqobat qilmoqda.











