2019 yil 15 fevral kuni Navoiy viloyat ma'muriy sudi raisi Otabek Toşev qöl ostidagi xodimi - sud tizimini boşqariş va xizmat körsatiş muhandisi lavozimida işlagan Dilşod Norovni şa'ni va qadr-qimmatini kamsituvçi nojöya sözlar bilan haqorat qilib, oyoği bilan tepib tan jarohati yetkazgani şov-şuv bölgandi.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O.Toşevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyat sudi (raislik qiluvçi sudya Ş.Baxtiyorov) 2019 yil 12 avgustdagi hukmi bilan O.Toşevni Jinoyat Kodeksining 206-moddasi 1-qismida qayd etilgan jinoyatni sodir etgan, deb topib, unga eng kam iş haqining 100 (yuz) barobari (20 273 000 söm) miqdorda jarima va 2 yil muddatga sud, huquqni muhofaza qiluvçi organlarda va mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.

Sudlanuvçi yoki jabrlanuvçi tomonidan sud hukmiga nisbatan yuqori instansiyaga şikoyat kiritilgani töğrisida ma'lumotlar yöq.

Kun.uz manbasining ta'kidlaşiça, bu işlar ortidan boşlangan ta'qiblar natijasida jabrlanuvçi Dilşod Norov egallab turgan lavozimidan çetlatilgan. Kun.uz tahririyati D.Norovning lavozimidan ozod etilişi bilan boğliq holat yuzasidan öz jurnalistik tekşiruvini boşladi. Tez kunda uşbu masalaga oid qöşimça ma'lumotlarni taqdim etişga harakat qilamiz.

Dilşod Abduqodirov