Airbus aviasozlik kompaniyasi yetkazib berilgan samolyotlar soni böyiça asosiy raqobatçisi - AQŞning Boeing kompaniyasini ortda qoldirib, bu borada 1-öringa çiqib oldi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Yevropa kompaniyasi 2019 yilda mijozlarga 863 ta samolyot yetkazib bergaç, 2011 yildan beri ilk bor dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyasiga aylandi.
Ta'kidlanişiça, Airbus dastlab 2019 yilda 860 ta samolyot yetkazib berişni rejalaştirgan. Yetkazmalar hajmi 2018 yilga (800 ta samolyot) nisbatan 7,9 foizga ösgan.
Biroq kompaniyada rasman e'lon qilinişidan oldin hali tekşirilişi kerak bölgan uşbu raqamlarga izoh berişdan boş tortilgan.
Boeinğning bu boradagi körsatkiçlari ança past bölib, kompaniya 2019 yil yanvaridan noyabrigaça 345 ta samolyot yetkazib bergan. Ikki kompaniya körsatkiçlari örtasidagi bunday tafovut Boeing 737 Max samolyotlari bilan boğliq inqiroz sababli kuzatilgan.












