Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniya deb topildi. Bu haqda mazkur reytingni tuzgan AirlineRatings.com portali xabar berdi.

Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Tayvanning EVA Air aviakompaniyalari keyigi örinlarni band etdi.

Aviakompaniyalar bir neçta omillar, xususan, samolyotlarning ekspluatatsiya muddati, aviahalokatlar va jiddiy halokatlar soni, hukumat tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar, rentabelligi va boşqa körsatkiçlar böyiça baholandi.

Eng xavfsiz aviataşuvçilar reytingining yuqori yigirmataligidan şuningdek, Etihad, Qatar Airways, Singapore Airlines, Emirates, Alaska Airlines, Cathay Pacific Airways, Virgin Australia, Hawaiian Airlines, Virgin Atlantic Airlines, TAP Portugal, SAS, Royal Jordanian, Swiss, Finnair, Lufthansa, Aer Lingus va KLM kabi aviakompaniyalar örin oldi.

Bundan taşqari, portalda eng xavfsiz arzon aviataşuvçilar röyxati ham berildi. Bu röyxatga Air Arabia, Flybe, Frontier, HK Express, IndiGo, JetBlue, Volaris, Vueling, WestJet va Wizz aviakompaniyalari kiritildi.