«Los-Anjyeles Gelaksi» klubi va Şvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç «Milan» bilan rasman şartnoma imzoladi.

38 yoşli futbolçi «rossoneri» tarkibida 21-raqam ostida öynaydigan böldi. Uning mehnat bitimi 6 oyga möljallangan va yana 1 yilga uzaytiriş imkoniyati ham bor.

Futbolçi taqdimot vaqtida öz taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

«21-raqam? Bolalarimga mavjud raqamlarni körsatdim, ular 21-raqamni tanlaşdi.

Maqsadim – jamoaga vaziyatni töğrilaşda yordam beriş. Individual tomondan ham imkon qadar yuqori darajada öynamoqçiman.

Sönggi 2-3 haftada rafiqamdan köra Maldini va Boban bilan köproq gaplaşdim. Hammasi yaxşi böldi va men şu yerdaman», deydi şvetsiyalik futbolçi Milan TVga bergan intervyusida.

Eslatib ötamiz, Zlatan Ibrahimoviç 2010-2012 yillarda ham «Milan»da öynagan va 85ta öyinda 56ta gol urgan.