Davlat soliq qömitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori davlat röyxatidan ötkazildi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2020 yil 31 mart kunidan amal qila boşlaydi.

Nizomga köra:

soliq nazorati tadbiri - Soliq kodeksiga muvofiq soliq tölovçilarda soliq nazoratining ayrim şakllarida amalga oşiriladigan tadbirlar (nazorat tadbiri);

videotasvirga oliş moslamalari - videotasvirga oliş qurilmalari, jumladan videokameralar va videotasvirga oliş imkonini beruvçi boşqa qurilmalar;

videotasvirga oliş jarayonining iştirokçilari - soliq organining xodimlari, soliq tölovçilar hamda ularning vakillari va boşqa şaxslar (nazorat tadbiriga jalb qilingan mutaxassislar, ekspertlar, tarjimonlar, zarur hollarda xolis va xaridorlar);

videotasvirga oliş - soliq organi rahbari yoki rahbar örinbosarining buyruğiga asosan iştirokçilar tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga oliş moslamalaridan foydalangan holda kuzatiş va qayd etiş (tasvirga oliş).

Soliq organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati jarayonini, dalillarni qayd etiş uçun nazorat tadbirlari jarayoni videotasvirga olinadi, bundan normativ-huquqiy hujjatlarda videotasvirga oliş taqiqlangan muayyan tartibga böysunuvçi obektlar mustasno.

Soliq organlari tomonidan soliq tölovçi töğrisida olingan xar qanday ma'lumot soliq sirini taşkil etadi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno. Soliq organiga kelib tuşgan, soliq sirini taşkil etuvçi ma'lumotlar saqlaş va foydalanişning maxsus rejimiga ega böladi.

Nazorat tadbirini videotasvirga oliş jarayonida soliq tölovçilar va ularning vakillari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

a) soliq tölovçilar va ularning vakillari huquqlari:

soliq organining nazorat tadbirini ötkaziş töğrisidagi buyruği bilan tanişiş;

nazorat tadbiri yakuni böyiça olingan videotasvir ma'lumotlaridan nusxa oliş;