2 yanvardan 3 yanvarga ötar keçasi Bağdodda eronlik maşhur general Qosim Sulaymoniy öldirildi. U şaxsan Donald Trampning topşiriği bilan amalga oşirilgan operatsiya natijasida halok böldi.

Pentagon bu harakat Qosim Sulaymoniy AQŞ diplomatlari uçun xavf tuğdirgan operatsiyalarda qatnaşgani va AQŞning Bağdoddagi elçixonasiga amalga oşirilgan hujumda qöli borligi sabab amalga oşirilganini ma'lum qildi. Xöş, Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinçi odam deb qaraladigan qömondonning ölimi qanday reaksiya berdi?

Tahdid

Eron oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xominaiy Iroqda halok bölgan general Sulaymoniy şahid bölganini tasdiqladi: «Yillar davomida qilgan işlari uçun şahidlik unga mukofot böldi. U ketgan bölsa-da, uning yöli töxtab qolgani yöq. Bugun iflos qöllari qonga böyalgan jinoyatçilarni qörqinçli qasos kutmoqda».

Bu hodisadan söng Eronda Xavfsizlik kengaşi navbatdan taşqari yiğiliş ötkazgan. Bundan taşqari, mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Bayram

AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo general Sulaymoniy öldirilganidan söng tvitterdagi sahifasida xursandçilikdan yugurayotgan iroqliklar tasvirlangan videoni joyladi. Videoda tonggi soat 04:00da iroqliklar mamlakat bayroğini kötarib, köçada yugurib yurganini köriş mumkin. Pompeo bu videoga şunday izoh yozgan: «Iroqliklar ozodlikdan, general Sulaymoniy endi yöqligidan xursand bölib raqsga tuşmoqda».

Pompeoning bu posti ostida juda köp izohlar qoldirilgan va unda özining iroqlik, eronlik ekanini aytgan foydalanuvçilar generalning ölimidan xursand ekanini yozgan. Ammo bunday mazmundagi izohlar ingliz tilida yozilgani sabab ular haqiqiy eronlik yoki iroqliklar bölmasligi ham mumkin.

Köz yoş

Atta Kenare/AFP via Getty Images