26 dekabr kuni Kun.uz saytida Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Aqça qişloğidagi içimlik suvi hamda elektr ta'minotidagi muammolar haqida «Aqçaliklarning simyoğoçi va transformatori uçun aqça yöqmi? Jalaquduqdagi 15 yillik muammo» sarlavhasi bilan tanqidiy-tahliliy maqola e'lon qilingan edi.
Jalaquduq tuman hokimligi, «Andijon hududiy elektr tarmoqlari» jamiyati, tuman «Suvoqova» korxonasi Aqça mahallasidagi kamçiliklar bartaraf etilgani böyiça ma'lumotlarni taqdim etdi.




«Aqça mahallasining toza içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida «Vodiy kapital quriliş» MÇJ tomonidan bir dona suv quduği yangi qurilib, 5,1 km masofaga içimlik suvi tarmoği tortilib, har bir köçaga suv jömraklarini örnatiş işlari olib borildi.
30 dekabr kuniga aholi toza içimlik suvi bilan ta'minlandi. Mahallaning içimlik suvi bilan ta'minlanişi qişloq ahli uçun haqiqiy yangi yil sovğasi böldi», deyiladi tuman «Suvoqova» korxonasi tomonidan berilgan xabarda.
«Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»AJ ham Aqça mahallasida iste'molçilarni sifatli hamda uzliksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun barça zaruriy çoralar körilayotgani haqida ma'lumot taqdim etgan.
«Kun.uz sayti orqali «Aqçaliklarning simyoğoçi va transformatori uçun aqça yuqmi? Jalaquduqdagi 15 yillik muammo» sarlavhali tanqidiy maqolasi yuzasidan Jalaquduq tumani «Aqça» mahalla fuqarolar yiğiniga Andijon HETK rahbari, «Jalaquduq TETK» boşliği hamda tuman hokimi iştirokida işçi guruh şakllantirilib, muammo joyiga borib örganildi.













