Çernobil AES halokatida köplab insonlar halok böladi, radiatsiya nurlari bilan zaharlanib, nogironga aylanadi. Sovetlar davrida sodir bölgan bu fojianing aniq tafsilotlari töliq oşkor qilinmagan va ular hozirgaça mavhum qolmoqda.

Çernobil AES Ukraina SSR hududida, Kiyevdan 110, Belarus bilan çegaradan 16, Çernobil şahridan 15 kilometr uzoqlikda, Dneprning irmoği bölgan Pripyat daryosi yoqasida joylaşgan edi.

Unga eng yaqin aholi manzili AES işçilari yaşaydigan Pripyat şaharçasi edi. 1986 yilning aprel oyida Çernobil AESda jami törtta energoblok işlab turgan, beşinçi energoblok qurilişi 80 foizga yakunlangan hamda oltinçi energoblokning çuquri kovlanayotgan edi.

Ma’lumot uçun, Çernobil AES qurilişi 1971 yilda boşlangan va u 1977 yil 25 sentabrda işga tuşirilgan. Bu AES öşa paytda Ukrainada iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining 10 foizini işlab çiqargan. AES 2000 yilda yopilgan.

Halokat va uning oqibatlari

1986 yil 26 aprel kuni soat 01:23 da Çernobil AESning 4-energoblogida portlaş sodir böladi va reaktor butunlay işdan çiqadi. Portlaş oqibatida energoblokning bir qismi qulab tuşib, boş operator halok böladi.

AESdagi avariya ortidan havoga uran izotoplari, plutoniy, yod-131 (ta’siri 8 kun), seziy-134 (ta’siri 2 yil), seziy-137 (ta’siri 30 yil), stronsiy-90 (ta’siri 28 yil) tarqab ketadi.

Portlaş oqibatida 4-energoblok qulab tuşib, bir qança xodimlar halok böladi. Portlaşdan söng Çernobil AESga köplab qutqaruv brigadalari jalb qilinadi. Ularning barçasi nurlanişga duç keladi va birinçi oyning özida AES xodimlari va qutqaruvçilardan 28 kişi vafot etadi.

Halokatdan eng köp öt öçiruvçilar jabrlanadi. Portlaş oqibatida kelib çiqqan yonğinni öçiriş uçun AESdagi va Pripyat şahridagi öt öçiriş jamoasi jalb qilinadi.

Nurlaniş va qattiq kuyişdan köplab öt öçiruvçilar jarohatlanadi. Norasmiy ma’lumotlarda juda köp öt öçiruvçi halok bölgani keltiriladi.

Halokat sodir bölgandan bir kun ötib, 27 aprelda Pripyat şahri aholisini köçiriş işlari boşlanadi. Şaharning 50 ming aholisi 1 225 ta avtobusda Yanov temiryöl bekatiga olib borilib, vaqtinçalik boşpanalarga joylaştiriladi.