2019 yil yakunlari böyiça Özbekiston yalpi içki mahsulotining (YaIM) ösişi 5,5 foizni taşkil etdi, prognoz esa 5,4 foiz darajasida bölgan. Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi xabar qilmoqda.
YaIM ösiş sur'ati uşbu körsatkiçning 2018 yildagi darajasidan yuqori böldi (5,1 foiz). YaIM ösişi asosan sanoat (6,4 foiz - prognoz 5,2 foiz), quriliş (11,8 foiz - prognoz 8,4 foiz) va xizmatlarning (6,1 foiz - prognoz 6,3 foiz) ösişi hisobiga ta'minlandi.
Aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot 1 741 dollarni taşkil etdi va 2018 yilga nisbatan 13,6 foizga ösdi (2018 yilda 1 533 dollar).
2017 yilda milliy valuta ikki baravar qadrsizlanganiga qaramay, 2019 yilda YaIM dollar qiymatida deyarli devalvatsiya davridan oldingi körsatkiçga yetdi.
Ma'lumot uçun: dollar qiymatida 2017 yil YaIM 59,1 milliard dollarni, 2019 yilda 58,3 milliard dollarni yoki 99 foizni taşkil etdi.
YaIM umumiy ösişida xizmatlar sohasining uluşi 1,9 foiz, sanoat - 1,5 foiz, qişloq xöjaligi - 0,9 foiz, quriliş - 0,6 foiz, sof soliqlar - 0,6 foizga töğri keldi.













