Iqtisodiyot | 11:30 / 06.01.2020
32484
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy valutalarning yangi kursi e'lon qilindi

Markaziy bank valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2020 yil 7 yanvar kunidan 0,33 so‘mga qimmatlab, 9507,89 so‘mni tashkil etadi.

Yevro kursi esa 15,80 so‘mga arzonlab, 10 608,90 so‘mga yetadi. Rubl kursi 0,26 so‘mga ko‘tarilib 153,43 so‘mga teng bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha dollar kursi ketma-ket uch hafta pastlagandi.

Mavzuga oid