Husiyçilar Makka tomon dron uçirgani aytilmoqda
Yaqin Şarqda janglar kuçayib bormoqda. Saudiya Arabistoni havo mudofaasi Makka şahridan janubda husiyçilarning droni urib tuşirilganini maʼlum qildi. Yamandagi harbiy koalitsiyaga köra, dron muqaddas şahar ustidagi taqiqlangan havo hududiga kirişdan oldin yöq qilingan.
16 cyentabrga ötar keçasi sodir bölgan hodisa - husiyçilarning Makkani nişonga olişga qaratilgan ikkinçi urinişi böldi, dedi koalitsiya matbuot kotibi Turk al-Malikiy. Unga köra, husiyçilar 2017-yil iyul oyida bu hududga ballistik raketa ham uçirgan.
Makka Islom dinining eng muqaddas qadamjolariga mezbonlik qiladi hamda yillik Haj ziyoratining markazi hisoblanadi. Şuning uçun ham uning xavfsizligi «qizil çiziqdir», deyiladi koalitsiya bayonotida.
Husiyçilar rasmiylari Makka nişonga olinganini inkor etdi va bu ayblovni «oçiqdan oçiq yolğon» deb atadi.
Sönggi kunlarda husiyçilar Yamanning Qizil dengiz sohilidagi hududlarning bir qismini nazoratga oldi. Bu esa Hörmuz böğozidan yönaltirilgan Saudiya Arabistonining neft eksportiga xavf tuğdirmoqda.
Saudiya Arabistoni 2015-yildan beri Yaman hukumati bilan husiyçilarga qarşi kuraşayotgan koalitsiyaga yetakçilik qilib kelmoqda. Sönggi yillarda mojaro asosan tinçigan edi, biroq şu oy husiyçilar Yaman hukumati bilan ittifoqdoş kuçlarni ortga surganidan keyin nizo yana alanga oldi.
Reutersʼning yozişiça, ötgan haftada Saudiya valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon Donald Trampga qönğiroq qilib, harbiy yordam söragan. Ammo hozirça bu yordam faqat razvedka kömagi bilan çeklanib qolmoqda.
AQŞda qurol taqçilligi
AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruşi boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar ilk marta rasman öq-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi. AFP'ning xabar berişiça, Pentagon Kongressga taqdim etgan majburiy hisobotda Erondagi uruş sababli Qurolli Kuçlar snaryadlar yetişmovçiligini boşdan keçirayotgani aytilgan.
Kongressning mustaqil byudjet byurosi hisob-kitoblariga köra, şu paytgaça Erondagi uruş mamlakatga 38 milliard dollarga tuşgan. Bu summaning 22,3 milliard dollari öq-dorilar uçun sarflangan. Hisobotdan keltirilgan iqtibosda «Uruş strategik zaxiralarda uzilişlarga hamda sanoat va snaryadlar zaxirasini töldirişni taʼminlaş sohalarida tanqislikka olib keldi», deyiladi.











