Eron parlamenti oçiq yiğilişda Pentagonni terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritişga qaror qildi. Bu haqda mahalliy Press TV telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, majlisda qatnaşgan 230 kişidan 228 parlamentariy bunday taşabbus uçun ovoz berdi. Yana ikki deputat betaraf qolgan, heç kim qarşi çiqmadi.
Uşbu qaror Iroqda eronlik general Qosim Sulaymoniyning öldirilişi ortidan qabul qilindi.
Eron taşqi siyosatidagi boş strategi, Islom inqilobi muhofizlari korpusining maxsus bölinmasi «Al-Quds» qömondoni, amalda Eronda oyatulloh Ali Xominaiydan keyingi ikkinçi odam sanalgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bağdoddagi aeroport hududida amerikalik harbiylarning dron orqali bergan raketa zarbalari oqibatida halok böldi.
Hujum AQŞ prezidenti Donald Trampning farmoyişiga binoan amalga oşirildi. U Sulaymoniy dunyoning birinçi raqamli terrorçisi bölgani va millionlab kişilarning ölimi uçun javobgarligini aytib ötdi. Tramp Sulaymoniyning öldirilişi uruşning boşlanişi emas, uruşning yakunlanişi bölganini qayd etib ötdi.
Şanba kuni Oq uy AQŞ 82-havo desant diviziyasidan Yaqin Şarqqa 3000 askar yuborayotganini e'lon qildi. Reuters’ning Pentagonga tayangan holda xabar berişiça, bu qaror AQŞga qarşi tobora kuçayib borayotgan xavf fonida ehtiyot çorasi sifatida qabul qilingan. Qöşinlar bu hafta 750 nafar amerikalik harbiy yetib kelgan Kuvaytga joylaştiriladi.
Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Trampning «Tvitter»da ma'lum qilişiça, agar Tehron general Qosim Sulaymoniyning ölimi tufayli amerikaliklarga hujum qilsa, unda Qöşma Ştatlar «Eron uçun juda muhim bölgan» 52ta obektga «juda tez va juda kuçli» zarba berişga tayyor turibdi.










