«Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov partiyaning saylovlardagi mağlubiyatiga doir xulosalarini ma'lum qilar ekan, Özbekiston Xalq demokratik partiyasining ayrim okruglarda ğalaba qozonganiga doir keskin fikrlarini ham bildirdi. 

«Çunki, XDP barça narsani bepul qilişga va'da berdi. Bu saylovçilarga yoqdi. Bizning milliy tiklanişimiz, ösişimiz haqidagi qayğurişimiz saylovçilarni qiziqtirmadi. Şu boisdan ham mağlub böldik. 

Men, birinçi turda qöpol xatolar bölgani uçun mağlub böldim, deya olmayman. Men bir narsani töla mas'uliyat bilan bayonot bera olamanki, saylovçi özgarmas ekan, siyosiy ong özgarmas ekan, natijaga erişiş qiyin. Ana öşanda, partiyalar öz qadriyatlarini, dasturlarini saylovçilarga yetkazib, ularning ovozini ola biladi», - dedi Qodirov.

U, şuningdek, partiya kelgusi parlament saylovlariga hozirdan tayyorgarlikni boşlaşini bildirib, partiya işlaş tizimida özgariş bölişini ta'kidladi. 

«Biz kelgusi 5 yilda navbatdagi saylovlarga tayyorgarlikni boşlaymiz. Partiyani takomillaştiriş ustida işlaymiz. Xususan, partiyaning tuman kengaşi rahbari Oliy Majlisdagi deputat yordamçisi böladi. Bu deputatning öz okrugi bilan doim boğlanib turişini ta'minlaydi», - dedi partiya yetakçisi.

«Milliy tiklaniş» rahbari muxolifat borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşar ekan, xorijdagi özlarini muxolifatçi deb bilganlar xususidagi qaraşlarini ham ma'lum qildi.  

«Muxolifat masalasida men prezident qaraşini ma'qullayman. Köpçilik, qayerga ham borasan, ma'qullamay, deyişi ham mumkin. Bu gapning haqiqatligi şundaki, siz kimgadir emas, balki şu yurtdagi xalqqa xizmat qiliş uçun muxolifat bölasiz. Ayrim fikrlarga e'tiroz bildirişingiz, uning muqobilini taklif qila olişingiz kerak.

Biz tanqidlarni köp qildik, bundan közlangan maqsad, kimgadir çiroyli köriniş emas, şu xalqqa foydali bölsin degan maqsadda gapirdik. Kamçiliklarni baralla aytyapmiz va ularni tuzatiş böyiça takliflarimizni ilgari suryapmiz. Mana şu muxolifat aslida. Biz parlamentda 36 öringa ega bölgan partiya sifatida vazirlar tayinlanişida, boş vazir nomzodi körsatilişida öz fikrimizni aytamiz. Biz bilgan muxolifat mana şu. 

Şaxsan men raqobatdan qörqmayman, partiyamiz ham. Taşqaridan, imkoniyat berilganida bunça ovoz olardik, deydiganlarga aytar sözim şuki, marhamat kelsin, şu yerda faoliyat olib borişsin. Lekin, özlarini muxolifat deb ataydiganlarning fikrlarida mantiq köra olmayapman. Faqat yomonlaşdan yaxşilik kutiş mumkinmi?», - deya qayd etdi Qodirov.