AQŞ askarlari joylaşgan Iroq ğarbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uçradi. Bu haqda 8 yanvar, çorşanbaga ötar keçasi Islom inqilobi soqçilar korpusi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilgan.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun öç oliş harakati deb ataldi. Aviabazaga kamida töqqizta raketa uçirilgani haqida xabar bergan Tehron, hujum natijasida obekt «töliq yöq qilingani»ni e'lon qildi.

AQŞ Mudofaa vazirligi özining ikkita bazasiga hujum qilingani töğrisida xabar berdi. Pentagon ma'lumotlariga köra, Erbildagi baza ham raketa zarbasiga uçragan. AQŞ harbiylariga köra, Eron öndan ortiq ballistik raketalar uçirdi. 

Ayni paytda, Pentagon hozirça zararni baholaşga tayyor emas. Raketa hujumlari oqibatida halok bölganlar bor-yöqligi ham noma'lum.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga uyuştirgan hujumi yuzasidan «keçroq» bayonot berişni va'da qildi. Uning sözlariga köra, hozirda hujum oqibatida yetkazilgan zararni hisoblaş jarayoni ketmoqda.

«Hammasi yaxşi! Raketalar Erondan Iroqda joylaşgan ikkita harbiy baza tomon uçirilgan. Hammasi köngildagidek ketmoqda! Bugungi kunda bizda jahondagi eng qudratli va eng yaxşi ta'minlangan harbiylar bor! Men (Amerika vaqti bilan) tongda bayonot beraman», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Eron AQŞ harbiy bazalariga uyuştirilgan hujumni «munosib javob» va «öz-özini mudofaa qiliş» deb atadi.

«Eron BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq öz-özini mudofaa qiliş maqsadida bizning fuqarolarimiz va yuqori martabali şaxslarimizga qarşi qörqoqlarça hujum boşlangan harbiy bazani nişonga olib, munosib çoralar kördi.

Eron keskinlikni oşiriş yoki uruş keltirib çiqariş uçun harakat qilmaydi, biroq har qanday agressiyadan himoyalanadi», deya yozdi Zarif tvitterda.