Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tehron şahri yaqinida Ukrainaning yölovçi samolyoti qulaşi oqibatida köplab insonlar halok bölgani munosabati bilan Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublari yölladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etdi.
Bugun, 8 yanvar tongida Eronda «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Tehrondan Kiyevga parvoz qilgan yölovçi samolyoti halokatga uçradi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, samolyot bortida 176 kişi bölgan, yölovçi va ekipaj a'zolaridan heç kim omon qolmagan. Qurbonlarning 82 nafari eronlik, 63 nafari kanadalik, 11 nafari ukrainalik, 10 nafar şvetsiyalik, 4 nafar afğonistonlik, Germaniya va Buyuk Britaniyadan esa 3 nafardan fuqaro bölgan.
TIV uşbu reysda Özbekiston fuqarolari bölmaganini ma'lum qilgan.
Kiyev aviahalokat qurbonlari fuqaroligiga aniqlik kiritdi, qurbonlarning aksari Eron va Kanadadan













