Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni bölgan general Qosim Sulaymoniy ona şahri Kirmonda dafn etildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, u Islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiylari Amerikaning Iroqdagi ikki aviabazasiga raketalar yöllaganidan bir neça soat ötib dafn etilgan. Sulaymoniyning tobuti «şahidlar bölimi»ga kömilgan.

Avvaliga generalni dafn etiş marosimi 7 yanvar kuniga möljallangandi. Ammo dafn marosimiga haddan taşqari köp odam töplangani uçun tiqilinç yuzaga keldi va talatöpda 50dan ortiq kişi halok böldi, marosim keyinga qoldirildi.

«Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni bölgan general Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bağdodda amerikalik harbiylar tomonidan öldirilgandi. Pentagon bayonotiga köra eronlik general AQŞ prezidentining buyruğiga köra öldirilgan — Tramp Sulaymoniyni birinçi raqamli terrorçi deb atagan edi.

8 yanvar kuni Eron AQŞning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari yölladi. Uşbu hujum Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun javob sifatida baholandi.

AQŞ Markaziy qömondonligi ma'lumotlariga köra, jami 15ta raketa uçirilgan. Ulardan 10tasi Ayn al-Asad aviabazasiga, bittasi Iroq şimolida joylaşgan Arbildagi bazaga kelib tuşgan, törtta raketa esa nişongaça yetib bormagan. Iroq rasmiylari Eron tomondan 22ta raketa uçirilganini ma'lum qildi.

Keyinroq Eron davlat televideniyesi uşbu hujum oqibatida AQŞ harbiy xizmatçilaridan 80 nafari öldirilgani haqida xabar tarqatdi. Efirda hujum qurbonlari «amerikalik terrorçilar» deb atalgan. Pentagon bu ma'lumotga izoh bermadi, ammo avvalroq halok bölganlar haqida ham ma'lumot kelib tuşmagan.