Eron prezidentining maslahatçisi Muhammad Jamşidiy Kirmon şahrida yuzga yaqin kişi halok bölgan va ikki yuzdan ortiq odam jarohat olgan portlaşlarda Isroil va AQŞni aybladi. «Vaşington Kirmondagi teraktda AQŞ va Isroil heç qanday rol öynamaganini aytdi. Nahotki? Bu jinoyat uçun javobgarlik AQŞ va sionistik rejim zimmasiga yuklanadi, terrorizm ular uçun faqat vositadir», deb yozdi u 3 yanvar, çorşanba kuni keçqurun X platformasidagi mikroblogida.

Eron Soğliqni saqlaş vazirligi Kirmondagi qurbonlar soni töğrisidagi ma’lumotni biroz özgartirdi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, 84 kişi halok bölgan, 284 kişi yaralangan. Avvalroq IRNA axborot agentligi 103 kişi halok bölgani haqida xabar bergandi. Soğliqni saqlaş vazirligi özgarişni ba’zi qurbonlar dastlab ikki marta notöğri hisoblangani bilan izohladi. 

Kirmondagi portlaşlar 

Hujum Kirmon şahridagi masjid yaqinida sodir böldi, unga yondoş hududda Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) sobiq qömondoni, 2020 yilda AQŞ zarbasi natijasida öldirilgan general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan. Sulaymoniy ölimining tört yilligi munosabati bilan köplab odamlar töplangan masjid yaqinida 15 daqiqalik farq bilan ikkita portlaş sodir böldi. 

Tehron rahbariyati voqeani terakt deb atadi. Germaniya hukumati va Yevropa taşqi aloqalar xizmati ham Kirmondagi hujumni qoralab, uni terakt deya baholadi. Hozirça heç kim portlaşlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi. AQŞ portlaşlarga Vaşington yoki Isroilning aloqador bölişi mumkinligiga heç qanday asos yöqligini bildirdi. The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berişiça, Isroil öz ittifoqçilariga razvedka xizmatlari portlaşlarga aloqasi yöqligini ta’kidlagan. 

Kirmondagi portlaşlar Eronda Islom Respublikasi mavjud bölgan 45 yillikdagi eng qonli hujum böldi.