Sönggi yillarda Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş organlari faoliyatida qator özgarişlar amalga oşirilmoqda.

Bu özgarişlarni migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlarida elektron navbat tizimi joriy etilgani, fuqarolar uçun çet elga çiqiş pasportlari beriş tizimi osonlaşgani, çet elga çiqişda söraladigan ortiqça hujjatbozliklarning kamayganida ham köriş mumkin.

Kun.uz tizimdagi özgarişlar, propiska masalasi va boşqa savollarga javob oliş uçun Özbekiston Içki işlar vaziri örinbosari Doniyor Toşxöjayev va IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşliği Uluğbek Muhamedov bilan suhbat taşkil qildi.

«Farrux Dadaxöjayevning tanqidlari ötmiş uçun töğri edi»

Doniyor Toşxöjayev

Suhbat avvalida Doniyor Toşxöjayevdan bir muddat avval Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayevning «pasport stol»larning kriminallaşib ketgani va fuqarolarga körsatiladigan xizmat sifati qoniqarli emasligi borasidagi bayonoti böyiça fikrlarini söradik.

— Farrux Saidahmedoviçning tizim haqidagi fikrlari bilan tanişib çiqdim. «Pasport stol»lardagi pulga xizmat körsatişlar, navbatlar va boşqa noroziliklar böyiça aytgan gaplari barçasi töğri. Faqat bu u kişining özi aytganiday «pasport stol»lar, ya'ni, ötmiş uçun töğri edi.

Hozir Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi va uning bölimlarida katta özgarişlar qilingan.

Töğri, men korrupsiya umuman yöqoldi, biz yaxşi işlayapmiz, deb aytolmayman. Korrupsiyaning qandaydir elementlari hamon tizimda saqlanib qolmoqda, lekin köplab yangiliklar qilinmoqda.

Masalan, prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning fevral oyida içki işlar idoralarida yiğilib qolgan muammolar va ularning yeçimlariga qaratilgan videoselektor ötkazdi. Unda prezident sohadagi muammolar bilan birga yana bir fikrni aytdi: «Men tizimdagi barça sohada sizlarga şaroit qilib beraman va keyin işni talab qilaman». Haqiqatdan ham, şundan keyin tizimga juda katta e'tibor qaratilmoqda.