12 fevral kuni Özbekiston Harbiy sudida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdga oid jinoyat işi doirasida 10 nafar şaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilişiça, Şuhrat Rasulov 23 yil, Javlon Yunusov 18 yil-u 6 oy, Şohrux Ahmedov 23 yil, Ismoil Jahongirov 23 yil va Doniyor Toşxöjayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Yana 5 nafar sudlanuvçiga qilmişiga muvofiq ravişda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
Xabarda qöşimça tafsilotlar keltirilmagan.
Javlon Yunusov — iş böyiça ismi oçiq e’lon qilingan yagona ayblanuvçi bölgandi. OAV ma’lumotiga köra, u suiqasd buyurtmaçisi va ijroçilar örtasida vositaçilik qilgan bölişi mumkin.
Komil Allamjonovga suiqasd
2024 yil 30 sentabrgaça Özbekiston prezidenti administratsiyasida Axborot siyosati departamentini boşqarib kelgan Komil Allamjonov 26 oktyabrga ötar keçasi Qibraydagi öz uyi yaqinida hujumga uçradi: u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzilgan. Hodisada Allamjonovning öziga şikast yetmagan. Şu kuni hodisa böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Ertasiga, 27 oktyabr kuni birinçi gumonlanuvçi uşlangani ma’lum qilindi. Boş prokuratura 25 noyabr kungi bayonotida qölga olinganlar soni 7 kişi ekanini ma’lum qildi, ulardan faqat bir nafarining şaxsini oçiqladi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozoğistonda qölga olingani ma’lum qilingan.
Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar, xususan DXX rahbari Abdusalom Azizov hamda Toşkent şahri IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev











