Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Norma’ning yozişiça, yuridik va jismoniy şaxslarga matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş böyiça davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIXDP) orqali körsatilişi belgilangan.

 Tasdiqlangan Reglamentga muvofiq matbaa korxonasi alohida yuridik şaxs sifatida yoki mavjud yuridik şaxsning tarkibiy tuzilmasi sifatida taşkil etilişi mumkin. Jismoniy şaxslar matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda röyxatdan ötişlari lozim.

 Matbaa faoliyati deganda bosma mahsulotlarning qoliplarini tayyorlaş, şu jumladan muhr va ştamplarni yasaş, çop etiş, muqovalaş va çop etişdan keyingi jarayonlar tuşuniladi. Mazkur jarayonlarning barçasi yoki alohida jarayoni ham matbaa faoliyati hisoblanadi.

 Uşbu Reglament nusxa köçiriş, dizaynerlik va fotostudiya xizmati, matn teriş, original maket tayyorlaş faoliyatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş böyiça davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boşqarmalari (Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar) tomonidan amalga oşiriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsat beriş uçun davlat boji tölanadi, uning stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Matbaa faoliyatini amalga oşirişni qayta röyxatdan ötkaziş uçun davlat röyxatidan ötkazişda nazarda tutilgan davlat boji summasining 50 foizi miqdorida davlat boji tölanadi. YaIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji belgilangan summaning 90 foizi miqdorida undiriladi.

 Matbaa faoliyatini amalga oşirişga ruxsat berganlik uçun undirilgan davlat boji summasi quyidagiça taqsimlanadi: