Ispaniya sotsialistik işçi partiyasi boş kotibi Pedro Sançes 8 yanvarda qasamyod keltirib, Ispaniya boş vaziri lavozimini bajarişga kirişdi. 

Qasamyod marosimida Ispaniya qiroli Filipp VI iştirok etgan.

Ta'kidlanişiça, Sançes mamlakatning yangi tarixidagi, ya'ni Fransisko Franko diktaturasi yakunlagan 1975 yildan beri ilk koalitsion hukumatning rahbari böldi.

7 yanvarda Ispaniya parlamenti deputatlari boş vazir lavozimiga Pedro Sançesning nomzodini qöllab-quvvatlaşgan. Sançes nomzodiga 167 deputat ovoz bergan, 165 deputat qarşi çiqqan, 18 deputat betaraflik bildirgan. 

Ispaniyada bir yil içida ikki marta parlament saylovlari bölib ötdi, hukumat esa 2019 yil bahoridan beri muvaqqat hukumat maqomida işlab kelgan.