Özbekiston U23 jamoasi Tailanddagi Osiyo çempionatida iştirokini boşladi. Lyubinko Druloviç şogirdlari birinçi turni Eronga qarşi ötkazib, 1:1 hisobida durang öynaşdi. Albatta, Özbekiston amaldagi çempion ekanini inobatga olsak, yigitlarimiz oçko yöqotdi, ammo Eronning bugungi vajohatini körib durang ham yomon natija emas deyiş mumkin. Druloviç ham aynan mana şunday fikrda, ya'ni u durang yomon natija bölmaganini aytdi.
Nega sohil böyidagi jang deganimiz haqida ikki oğiz. Öyin Songxladagi sohil böyida joylaşgan stadionda ötkazildi. Eronning özidan kuçli raqibga juda jiddiy, vajohat bilan qarşilik körsatgani öyinning «janggga aylanib ketişiga» sabab böldi. Eronda bölayotgan oxirgi voqealardan xabaringiz bor. Bu voqealar futbolçilarning ğalabaga iştiyoqini çandon marotaba oşirganini aynan maydonda kördik. Darvoqe, eronlik futbolçilar şu kuni qora boğiçlarda maydonga tuşişdi. Ular general Sulaymoniyning ölimi va yaqinda sodir bölgan aviahalokat sabab mana şunday motam boğiçlarida öynaşdi.
Yil xatosi va Ma'sud Şojaini eslab
Öyinning dastlabki 15 daqiqasi Özbekiston uçun juda yomon ötdi. Futbolçilar köp xato qilişdi, ayniqsa darvozabon Abduvohid Ne'matov. Uning bir neçta xatosini yaxşiyam raqiblar keçirişdi. Şunday vaziyatlardan birida eronlik Ali Şojai yil xatosiga yöl qöydi. Özbekiston va Qatar örtasidagi Osiyo öyinlari bahsi yodingizdami? Öşanda qatarlik futbolçi Temur Jörayev qöriqlagan böş darvozaga gol ura olmagandi. Şojai bugun mana şunday xatoni takrorladi (Eronlik jurnalistlar bilan suhbatda şu bahonada boşqa bir Şojai (Ma'sud) Aleksandr Lobanov darvozasiga penaltidan gol ura olmaganini esladik).
Birinçi bölim örtalariga kelib futbolçilarimiz vaziyatni öz qöllariga olib töpni nazorat qila boşlaşdi. Natijada öyinning eng yaxşi futbolçilaridan bölgan Bobur Abduxoliqov 40-daqiqada penalti işladi. Töğriroği, u qulay vaziyatga çiqib borayotgan vaqtda raqib qöpollik işlatişga majbur böldi. Belgilangan penaltini Islom Qobilov golga aylantirdi.
Milliy jamoa çarçatgan Sanjar va Hoji
Bugun jamoada Sanjar Qodirqulov va Hojiakbar Alijonovlardan köp narsa kutişgandi, ammo ular kutilgan öyinni namoyiş eta olişmadi. Har ikki futbolçida oçiqçasiga çarçoq alomatlari sezildi. Töğrisi, uzoq mavsum tanaffussiz öynagan yoş yigitlarni çarçatib qöygani rost. Balki murabbiy ularni keyingi öyinda Şarof Muhiddinov va Dilşod Saidovlarga almaştirar.
Ikkinçi bölimda yigitlarimiz hisobni uşlab qola olişmadi. Taym avvalida himoyaçilarning juda qöpol xatosidan foydalangan Rizo Dehqoniy gol urdi. Goldan keyin nazorat yana Özbekiston tomonga ötdi, ammo yigitlar boşqa gol urişni eplay olişmadi. Quyida öyindan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.


































































