2020 yilning 6 yanvar kuni soat 20:30larda Farğona viloyati, Farğona şahrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, Yozyovon tumanida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan M.A. turmuş örtoğiga tegişli “Neksiya” avtomobilini boşqarayotib, yölning belgilanmagan joyidan mast holda kesib ötayotgan piyoda Farğona şahrida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan Ç.I.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda Ç.I tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qiling. Yöl huşyorlik va intizomni yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi YHXBB ma'lumotida.












