Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunovning ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uçraşuvi asosan savol-javob tarzida ötdi.
Uçraşuv davomida köproq ijtimoiy masalalar, xususan, işsizlik muammolari tilga olindi.
«Işsizlik — har qanday rahbarni öylantiradigan muammolardan biri. Bugungi kunda Navoiy viloyatidan 16 ming kişi xorijda mehnat qilişadi. Ularga tez orada iş joylari yarata olamizmi? Turmuşi uçun yetarliça oylik va'da qila olamizmi? Bu savollar barça rahbarlar qatori meni ham öylantiradi», deydi viloyat hokimi.
Şuningdek, Qobil Tursunov yaqin kelajakda oldini oliş şart bölgan muammo haqida gapirdi.
«Islohotlar hozirgidek davom etib yaqin kelajakda juda köp muammolarga barham berişimiz mumkin. Ammo bir narsaga har doim e'tiborli bölişimiz şart deb hisoblayman — tarbiya masalasi. Muammolar ötkinçi, kelajakda mamlakat taqdirini hal qiluvçi omillardan biri bu tarbiya. Biz har doim tilga oladigan ma'naviyat ham bu tarbiya bilan boğliq-ku?
Qaysiki jamiyatda ma'naviyat va iqtisod uyğun bölmasa, öşa jamiyatda barqarorlik bölmaydi», deydi Qobil Tursunov.












